Zabihillo Oʻrinboyev (30-mart 1995-yilda tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik futbolchi. Metallurg Bekobod klubi hujumchisi.

Zabihillo Oʻrinboyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zabihillo Oʻrinboyev
Tavallud sanasi 30-mart 1995-yil (1995-03-30) (28 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 182 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Metallurg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2016 Oʻzbekiston Bunyodkor 32 (4)
2017 Oʻzbekiston Olmaliq 11 (1)
2017 Oʻzbekiston Paxtakor 2 (0)
2018—2019 Oʻzbekiston Metallurg 24 (2)
2019 YaponiyaTokushima Vortis 7 (0)
2020—2021 Oʻzbekiston Navbahor 45 (4)
2022— Oʻzbekiston Metallurg 47 (10)
Milliy terma jamoa
2011—2013 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-17 30 (14)
2014—2016 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-20 17 (6)
2017—2018 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-23 28 (15)
2018— Oʻzbekiston Oʻzbekiston 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Zabihillo Oʻrinboyev Toshkentning „Bunyodkor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini 2013-yilda aynan shu klubda boshlagan. Bugungi kunga qadar „Bunyodkor“ safida 10 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

2011-yilda 17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi yigʻiniga chaqirilgan va oʻsha yili terma jamoa bilan 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, Oʻzbekiston terma jamoasi chorak finalga qadar yetib kelgan. Oʻrinboyev yoshlar terma jamoasi safida jami 30ta oʻyin oʻtkazib, 14ta gol urgan.

2013-yilda Oʻrinboev allaqachon Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va oʻsha yili u terma jamoa bilan 2013-yilda Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan va Oʻzbekiston terma jamoasi ham chorak finalga chiqqan.[1]

Klublar tahrir

2014-2016 yillarda „Bunyodkor“ klubida oʻynagan, 2016-yilda chempionat ikkinchi, qatorasiga ikki marta (2014 va 2015-yillar) Oʻzbekiston kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan. 2017-yil Olmaliqning „AGMK“ va Toshkentning „Paxtakor“ klublarida harakat qildi.[2]

Shundan soʻng u 2018—2019-yillarda „Metallurg Bekobod“da oʻynagan,[3][4] keyin 2019-yilda Yaponiya J-ligasi vakili „Tokusima Bortis“ ga oʻtgan,[5] ammo 2020-yilda birorta ham oʻyin oʻtkazmay Namanganning „Navbahor“ klubiga oʻtdi.[6]

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Milliy terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2018-yili oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 2ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.[7]

Statistika[7] tahrir

Oʻzbekiston terma jamoasi
Yillar Isht Gol
2018 2 0
Jami 2 0

Yutuqlari tahrir

  • Oʻzbekiston chempioni: 2013-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2013-yil
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2014-yil
  • Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2014-yil
  • Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempioni : 2018-yil[8]

Manbalar tahrir

  1. „Zabihillo O'rinboevda yubiley“. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  2. „Rasman: Zabihillo O'rinboev "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi (FOTO)“. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  3. „Zabihillo O'rinboev "Metallurg"da“. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  4. „Zabihillo O'rinboev yana "Metallurg"da o'ynaydi“. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  5. „Zabihillo O'rinboev Yaponiya klubiga o'tdi“. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  6. „Rasman: Zabihillo O'rinboev "Navbahor"ga o'tdi“. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  7. 7,0 7,1 Zabihillo Oʻrinboyev at National-Football-Teams.com  
  8. „U-23 Osiyo chempionati. Zabihillo O'rinboev - eng ko'p zarba bergan futbolchi“. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.

Havolalar tahrir