Roʻziyev Zafar Sharopovich (oʻzbekcha: Рўзиев Зафар Шаропович, 1964-yil 19-dekabr, Qashqadaryo viloyati) – Qashqadaryo viloyati hokimi (2013-2019),[2][3] Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi vaziri (2010-2013).

Roʻziyev Zafar Sharopovich
Рўзиев Зафар Шаропович
Qashqadaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2013-yil 27-sentyabr – 2019-yil 26-oktyabrgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Turobjon Joʻrayev
Vorisi Zoir Mirzayev[1]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri
Mansab davri
2009-yil – 2013-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Sayfiddin Ismoilov
Vorisi Shuhrat Teshayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-dekabr 1964-yil (1964-12-19) (59 yosh)
Kitob tumani, Qashqadaryo, OʻzSSR
Siyosiy partiyasi -
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi tahrir

  • 1964-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug'ilgan.
  • Ma’lumoti: oliy, 1989-yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalash muhandislari institutini, 1998-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Mutaxassisligi: muhandis-mexanik.
  • 1981-1982 yy. - Kitob tumanidagi “Sharq yulduzi” xоʻjaligi mexanizatori
  • 1982-1989 yy. - Toshkent irrigasiya va qishloq xоʻjaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti talabasi (1983-1985 yy. - harbiy xizmatda)
  • 1989-1991 yy. - Kitob tumanidagi “Sharq yulduzi” xоʻjaligi usta chilangari
  • 1991-1995 yy. - Kitob tumanidagi Umarov nomli shirkat xоʻjaligi bosh muhandisi, mexanizasiya shirkati raisi
  • 1995-1996 yy. - Kitob tumani Mashina-traktor parki bоʻlim boshligʻi
  • 1996-1998 yy. - Kitob tumanidagi Umarov nomli shirkat xоʻjaligi boshqaruvi raisi
  • 1998-2001 yy. - Kitob tumani hokimining birinchi оʻrinbosari - tuman qishloq va suv xоʻjaligi boshqarmasi boshligʻi
  • 2001-2002 yy. - Qashqadaryo viloyati hokimligining agrosanoat kompleksi kotibiyati mudiri
  • 2002-2003 yy. - Qashqadaryo viloyati qishloq va suv xоʻjaligi boshqarmasi boshligʻining agrotexnologiya masalalari bоʻyicha birinchi оʻrinbosari
  • 2003-2008 yy. - Yakkabogʻ tumani hokimi
  • 2008-2009 yy. - Оʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xоʻjaligi vazirining agrotexnologiya masalalari bоʻyicha оʻrinbosari
  • 2009-2009 yy. - Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining оʻrinbosari - Tashkiliy-nazorat xizmatining Nazorat inspeksiyasi rahbari
  • 2009-2010 yy. - Оʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xоʻjaligi vaziri vazifasini bajaruvchi
  • 2010-2013 yy. - Оʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xоʻjaligi vaziri
  • 2013-2019 - Qashqadaryo viloyati hokimi
  • 2015-2019 - Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi
  • 2019-yildan - Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi.

Manbalar tahrir