Zagʻcha (Corvus monedula) – chumchuqsimonlar turkumining qargʻasimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uz. 30—39 sm. Rangi, asosan, qora, boʻyni toʻq kulrang. 4 ta kenja turi bor. Yevropa va Osiyoda uchraydi. 3. koʻchib yuruvchi qush. Oʻzbekistonda bola ochadi va kishlaydi. Jarlarning yon bagʻirlariga, uylarning peshtoqlari yoki daraxt kovaklariga uya soladi. Apr.da 4—6 ta tuxum qoʻyadi. 18— 20 kunda joʻjalari tuxumdan chiqadi. Qoʻngʻiz, kapalak va ularning qurtlari, oʻsimlik urugʻlari bilan oziqlanadi. Zararkunanda hasharotlarni qirib, foyda keltiradi[1].

Zagʻcha

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil