Zal

koʻpchilikka moʻljallangan katta xona, xonaqoh, talor

Zal (nem. Saal) — koʻpchilikka moʻljallangan katta xona, xonaqoh, talor. Z.lar hashamatli saroylarning asosiy qismi sifatida barpo etilgan. Bunday Z.larda qar xil kabul marosimlari, ziyofat va tantanali majlislar oʻtkazilgan. Z.ning qurilishi va bezaklarida turli xalqlarning oʻziga xos milliy meʼmorlik anʼanalari oʻz ifodasini topgan. Uygʻonish davrida Z.lar qurilishi yuksak darajada rivojlangan. Keyinchalik Z.larning ommaga ijtimoiy-siyosiy va madaniy xizmat koʻrsatadigan turli koʻrinishlari yaratildi: majlis Z.lari, konsert, sport, klub, muzey, kutubxona, qiroatxona Z.lari, vokzal, aeropot Z.lari, kino va teatr binolarining tomosha Z.lari va h.k.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil