Zinedine Zidane
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zinedine Yazid Zidane
Tavallud sanasi 23-iyun 1972-yil (1972-06-23) (51 yosh)
Tavallud joyi MarselFransiya bayrogʻi Fransiya
Boʻyi 185 sm
Ampluasi hujumga oʻtuvchi yarimhimoyachi
Laqabi Zizou
Klub maʼlumoti
Joriy klub
karyerasini tugatgan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1982–1983
1983–1987
1987–1988
US Saint-Henri
SO Septèmes-les-Vallons
AS Cannes
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988–1992
1992–1996
1996–2001
2001–2006
AS Cannes
Girondins Bordeaux
Juventus
Real Madrid
(61 (6)
135 (28)
151 (24)
155 (37))
Milliy terma jamoa
1991–2006 Fransiya (108 (31))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiya tahrir

Bolalik va oʻsmirlik davri tahrir

Emigrantlar oilasida tugʻilgan Zidan Fransiyaning La Kostelyane nomli Marselning shimoly rayonida tugʻilib oʻsgan[1].Undan tashqari oilada yana 4 ta bola:Singlisi Lila,ukalari Jamel,Farid va Nordin boʻlgan[2].Zidan birinchi toʻp vazifasida plastik idishni ishlatgan.Zero kichik Zinedin futboldan tashqari dzyudo,velosportga qiziqqan boʻlsa ham unda qiziqish aynan futbolga boʻlgan.

Zidan 14 yosh boʻlganda,unga "Kann" seleksioneri Jan Varo eʼtibor qaratadi.Bu voqea 1987-yilda boʻlib oʻtadi.Aynan shu vaqtda Zinedin Fransiyaning kurort shaharchasi Kannga futbol olimpi choʻqqisini zabt etishni boshlash uchun koʻchib keladi.

U Elino oilasining uyida yashaydi.Shu yerda undan tashqari yana bir "Kann"ning yosh futbolchisi-Amadeo Arno ham yashaydigan boʻladi.Elinolar uyi Kann sahxriga yaqin Pegoma qishlogʻida joylashan boʻladi.Mashqlardan qaytayotganda (odatda uni klub funksionerlari mashinada tashlab ketishardi,koʻpincha bu ish Fransiya terma jamoasining sobiq oʻyinchisiSharl lube ga yuklatilardi)Zizu,Amadey va Elinoning kichik oʻgli Loran futbol musobaqalari uyushtirishardi.Elinonig oialasi "Kann"ning juda koʻp yosh futbolchilariga panox bergan boʻlsada Zidan bu oilaning koʻnglidan abadiy joy oladi.Zizu ularning bogʻida olcha daraxtini ekkan,musobaqa uchun borgan barcha davlatlardan ularga suvenirlar olib kelardi.Elinolar uyida Zidan roppa rosa 1 yil yashaydi.

1 yil oʻtganidan song Zidan Kanning markazida joylashgan Mimon yotoqxonasidan joy egallaydi.Bu yotoqxona bilan uni juda koʻp xotiralar bogʻlaydi.Bu yerda u birinchi doʻstlar orttiradi,birinchi marotaba Spirtli ichimlik ta`tib koʻradi.Bu vaziyat yaqin oradagi barda boʻlib oʻtadi.Bu yerga uni va yana bir futbolchini yotoqxonada koʻptan beri yashaydigan sportchilar chaqiradi."Bagʻishlov" sifatida ularga "Olovli Suvdan" taʼtib koʻrish kerak boʻladi.Bu "Bagʻishlovdan" soʻng Zidan qiyinchilik bilan yotoqxonaga yetib oladi.Uning sherigi esa yotoqxona yopilishiga ulgurmaganligi uchun jazolanadi.Ammo bu voqea birinchi va ohirgi marotaba boʻlib oʻtadi va Zidan keyinchalik spirtli ichimlklardan voz kechadi.

Zidan doimo Fransiyaning barcha termalari:Kadetlar,oʻsmirlar,yuniorlar,yoshlar jamoasida oʻynab keladi.Uning ismi murabbiylar qatorida mashxur boʻlib,Uning eng kuchli jixatlari texnikasi va jismoniy kuchi boʻlgan.Baland boʻyli,oʻz yoshidan katta koʻrinadigan Zidan doimiy ravishda oʻz ustida ishlaydi.Kanndagi murabbiylar(2- jamoa murabbiylari)-avval Gi Lyakomb (U hozirda "PSJ"ni murabbiysi),keyinroq Jil Rampilyon uni rivojiga halaqit bermaslikka harakat qilib,Zidan bilan yakkama yakka ish olib borishardi."Zidan kam gapiradi,-deydi Lyakomb.-U tinglaydi va bajaradi".

Proffesional futbolda Zidan 1989yilning 20-mayida paydo boʻladi.U hali 17 yoshga ham toʻlmagan edi.Bu vaziyat 1988/89 yilning Fransiya chempionati ohirgi turlarida Nant jamoasiga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda roʻy beradi(Bu jamoada oʻsha paytlar Desham va Desayi kabi futbolchilar oʻynar edi).Zizu maydongi oʻyin soʻngiga 15 daqiqa qolganda tushadi va toʻpga 3 marotaba tegadi,lekin u oʻzini juda baxtli his etadi.Oʻsha oʻyinda u hattoki darvoza tomon zarba berib toʻsinni poylashga ham ulguradi.Bu oʻyin uchun u katta boylikka - 6 000 frankka ega boʻladi,magʻrur va baxtli Zinedin,oilasi uchun sovgʻalar sotib oladi.Oʻzining oliy diviziondagi 1- golini 1991 - yilda Xuddi oʻsha Nantga uradi,toʻpni darvozadan uzoqlashgan darvozabon ustidan mahorat bilan oʻtqizib uradi.1992-yilda Kann jamoasi 2-divizionga tushib ketganligi sababli u klubni tark etadi.

Zidan oʻz ish faoliyatini Bordoda davom ettiradi.1992 - yilda Rolan Kurbis,Bordoning oʻsha paytdagi murabbiysi,Fransiyada mashhurlikka erishayotgan mohir yarimhimoyachini oʻz jamoasiga qoʻshish uchun juda koʻp urindi.1 - mavsumdayoq Zidan Fransiya oliy ligasida 10 ta toʻp urib,oʻsha turnirning eng yaxshi toʻp urariga aylanadi.

Yuventusga Zidan 1996 - yilgi Yevropa chempionatidan soʻng oʻtadi. Yevropa chempionatida u avvalroq olgan jaroxati tufayli yaxshi oʻyin koʻrsata olmaydi. Asta jarohatidan forig' bo'lgandan so'ng uning omadi keldi va Yuventus shu yili bahorda Yevropa Chempionlar ligasida gʻalaba qozondi.

Manbalar tahrir

  1. Fort, Patrick; Philippe, Jean. Zidane: The Biography. London: Ebury Press, 2018 — 1 bet. ISBN 978-1-78503-848-8. 
  2. „Far-right politician booted out of Zinedine Zidane's football club“. The Guardian. Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.