ZiyoriylarEronda hukmronlik qilgan sulola (9281042). Asoschisi qad. aslzodalar avlodidan boʻlgan Mardovij ibn Ziyor (928—935). U somoniylar lashkar boshisi Asfar isyonidan foydalanib, Tabariston, Jurjonni ishgʻol qilgan va mustaqil Z. davlatini tuzgan. Keyinchalik Isfahon, Hamadonni egallagan, 928—931 yillarda Z. davlatining chegarasi Mesopotamiyadagi Xulvon sh.gacha kengaygan. Mardovij abbosiylar vassal i hisoblanardi. Uning vafotidan soʻng Z.ga qarashli hudud boʻlinib ketgan. Mardovijning ukasi Vashmgir (Vushmgir) davrida (935—967) Z. ixtiyorida faqat Kaspiy boʻyi yerlarigina qolgan, bu vaqtda ular somoniylarga tobe boʻlgan. Z. buvayhiylar bilan somoniylar oʻrtasidagi Shim. Eron uchun boʻlgan kurashda muhim rol oʻynagan. 11-asr boshlarida Z. gʻaznaviylarga boʻysungan. 1041 y. saljuklar Jurjon va Tabaristonni bosib olgach, Z.ning soʻnggi shohi Kaykovus Gʻaznaga qochgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil