Mirzayev Zoir Toirovich (oʻzbekcha: Мирзаев Зоир Тоирович; 10-mart 1968-yil, Samarqand) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi (2010-yildan), Samarqand viloyati hokimi (2010-2016), Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri (2016-2018), Qashqadaryo viloyati hokimi (2019-2021)[2][3], Toshkent viloyati hokimi (2021-yildan)[4].

Mirzayev Zoir Toirovich
Мирзаев Зоир Тоирович

Oʻngdan chapga: Zoir Mirzayev, Abdulaziz Komilov va Shavkat Mirziyoyev
Toshkent viloyati hokimi
Mansab davri
2021-yil 18-noyabrdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Davron Hidoyatov
Qashqadaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2019-yil 26-oktyabrdan – 2021-yil 18-noyabrgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Zafar Roʻziyev
Vorisi Murodjon Azimov
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri
Mansab davri
2016-yil 15-dekabrdan – 2018-yil 12-fevralgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Shuhrat Teshayev
Vorisi lavozim bekor qilingan; Bahodir Yusupov suv xoʻjaligi vaziri sifatida, Shavkat Hamroyev qishloq xo'jaligi vaziri sifatida[1]
Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2010-yil 17-dekabrdan – 2016-yil 15-dekabrgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Oʻktam Barnoyev
Vorisi Himmat Oqboʻtayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-mart 1968-yil (1968-03-10) (56 yosh)
Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR

Biografiya tahrir

1968-yil 10-martda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tugʻilgan.

Ta'lim tahrir

Maʼlumoti — oliy. 1994-yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[5].

Mehnat faoliyati tahrir

1984—1989-yillarda — Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi „X.Nizomatov“ kolxozining ishchisi, 19941995-yillarda Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasining iqtisodchisi, 1995—1996-yillarda — Jomboy tumani hokimligi moliya boʻlimi mudirining oʻrinbosari, 1996—1997-yillarda  Samarqand viloyati Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi bosh inspektori, 1997-2000-yillarda — Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi, 2000—2001-yillarda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi, 2001—2003-yillarda Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasining boshligʻi, 2003—2004-yillarda Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimi, 2004—2008-yillarda Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2008—2010-yillarda — Samarqand shahar hokimi, 2010-yil 17-dekabrdan 2016-yil 15-dekabrgacha Samarqand viloyati hokimi[6], 2016-yildan 2018-yilgacha Bosh vazir oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari, 2018-yilda qisqa muddat Bosh vazir oʻrinbosari — agrosanoat, oziq-ovqat va xalq isteʼmol mollari majmuasi rahbari vazifalarida mehnat qilgan. 2018-yil 28-oktabrda Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻoln tumanida bir guruh fermerlarning ariqqa tushirilishi voqeasi ortidan ishdan olingan[7][8]2018-yil 6-noyabrdan 2019-yil 26-oktabrgacha Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi[9], 2019-yildan 2021-yilgacha Qashqadaryo viloyati hokimi[10] vazifalarida ishladi. 2021-yildan — Toshkent viloyati hokimi vazifasida faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, 2023-yil Zoir Mirzayevning Qishloq xo'jaligi vaziri etib tayinlanishi haqida xabarlar ham tarqaldi. Biroq, Toshkent viloyatining amaldagi hokimi hozirda o'z vazifasini bajarib kelmoqda.

Manbalar tahrir

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikkiga ajratildi
  2. [1]
  3. https://m.kun.uz/news/2018/10/31/zojir-mirzaev-urniga-vaktincalik-angi-rabar-tajinlandi
  4. https://m.kun.uz/news/2021/11/18/foto-qashqadaryolik-faollar-zoir-mirzayevga-ton-kiydirib-uni-yangi-lavozimga-kuzatdi
  5. Oliy Majlis Senati — Samarqand viloyati hokimining biografiyasi[sayt ishlamaydi]
  6. Oliy Majlis Senati — Samarqand viloyati hokimining biografiyasi, 2014-05-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-15 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 19 (yordam)
  7. Zoyir Mirzaev lavozimidan ozod etildi
  8. „“Ularning o‘zi suvga tushgan”: Ariqdagi oltovlon bo‘yicha tafsilotlar ayon bo‘ldi“ (2022-yil 23-avgust). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
  9. Зоир Мирзаев туман хокимига айланди
  10. https://m.kun.uz/news/2019/10/26/manba-bosh-prokurorning-birinchi-orinbosari-qashqadaryo-viloyati-prokurori-etib-tayinlandi