Zoopsixologiya, hayvonlar psixologiyasi — psixologiyanint hayvonlar psixikasi, uning namoyon boʻlishi hamda ontogenez va filogenezdagi taraqqiyotini oʻrganadigan boʻlimi. 3. dalillaridan bir qancha fanlar, jumladan, bionika va biokiberneti-kada foydalaniladi. 3. solishtirma psixologiya va etologiyat yaqin turadi. 3. ekologiya, neyrofiziologiya, sezgi organlari fiziologiyasi va b. sohalar bilan uzviy bogʻlangan. 3. 18-a oxiri — 19-asr boshlarida mustaqil fan sifa-tida shakllangan. 3. tarixida 2 qarama-qarshi yoʻnalish boʻlgan. Mexanik yoʻnalish boʻyicha hayvonlar avtomat mashinaga oʻxshatiladi (R. Dekart, J.Lyob va b.)- Antropomorfik yoʻnalish boʻyicha inson psixikasi bilan hayvon psixikasi oʻrtasidagi farq inkor etiladi (J.L. Byuffon, J.B. Lamark, Ch. Darvin va b.). Z.da evolyusion yoʻnalishning boshlanishi rus olimlari K. F. Rulye va V. A. Vagner ishlari bilan bogʻliq. Z.ning fan sifatida rivojlanishida I. P. Pavlovnchnt oliy nerv faoliyashi toʻgʻrisidagi taʼlimoti muhim ahamiyat kasb etadi. Bu taʼlimot inson psixikasi hatto eng yuksak tuzilgan hayvon psixikasidan sifat jihatdan keskin farq qilishini koʻrsatadai. Bu farq insonning ijtimoiy hayoti, i.ch. fao-liyati va nutqi bilan bogʻliq.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil