Maxsus nisbiylik nazariyasi
Fizikada maxsus nisbiylik nazariyasi yoki qisqacha maxsus nisbiylik — fazo va vaqt oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalovchi ilmiy nazariya. Albert Einsteinning asl talqiniga koʻra, bu ikkita postulatga asoslangan:[1][2]
- fizika qonunlari barcha inersial sanoq sistemasida — oʻzgarmas (yaʼni, oʻxshash); va
- vakuumdagi yorugʻlik tezligi yorugʻlik manbai yoki kuzatuvchining harakatidan qatʼiy nazar barcha kuzatuvchilar uchun bir xil.
Kelib chiqishi va ahamiyatiTahrirlash
Maxsus nisbiylik nazariyasi dastlab Albert Einstein tomonidan 26-sentabr 1905-yilda „Harakatlanuvchi jismlarning elektrodinamikasi“ (inglizcha: On the Electrodynamics of Moving Bodies) nomli maqolada ilgari surilgan.[3] Nyuton mexanikasining Maxwellning elektromagnetizm tenglamalari va Michelson-Morley eksperimental natijalari (va keyingi shunga oʻxshash tajribalar) bilan mos kelmasligi, tarixan gipotetik dunyoviy efir mavjud emasligini koʻrsatdi. Bu esa Einsteinning maxsus nisbiylik nazariyasining rivojlanishiga olib keldi, bu mexanikani barcha harakatlarni, ayniqsa yorugʻlik tezligiga yaqin tezlikda (relativistik tezlik) maʼlum boʻlgan vaziyatlarni yengishga imkon beradi. Bugungi kunda, maxsus nisbiylik nazariyasi, tortishish va kvant effektlari ahamiyatsiz boʻlganda, har qanday tezlikda harakatning eng aniq modeli ekanligi isbotlangan.[4][5] Shunga qaramay, Nyuton modeli hali ham past tezlikda (yorugʻlik tezligiga nisbatan), masalan Yerdagi har kungi harakatlar kabi sodda va aniq yaqinlashish vazifasini bajaradi.
ManbalarTahrirlash
- ↑ Griffiths, David J. „Chapter 12: Electrodynamics and Relativity“,. Introduction to Electrodynamics, 4th, Pearson, 2013. [[Maxsus:BookSources/ISBN 978-0-321-85656-2|ISBN ISBN 978-0-321-85656-2]].
- ↑ Jackson, John D. „Chapter 11: Special Theory of Relativity“,. Classical Electrodynamics, 3rd, John Wiley & Sons, Inc., 1999. [[Maxsus:BookSources/ISBN 0-471-30932-X|ISBN ISBN 0-471-30932-X]].
- ↑ Albert Einstein (1905) „Zur Elektrodynamik bewegter Körper“, Annalen der Physik 17: 891; English translation On the Electrodynamics of Moving Bodies by George Barker Jeffery and Wilfrid Perrett (1923); Another English translation On the Electrodynamics of Moving Bodies by Megh Nad Saha (1920).
- ↑ Goldstein, Herbert „Chapter 7: Special Relativity in Classical Mechanics“,. Classical Mechanics, 2nd, Addison-Wesley Publishing Company, 1980. [[Maxsus:BookSources/0-201-02918-9|ISBN 0-201-02918-9]].
- ↑ Lanczos, Cornelius „Chapter IX: Relativistic Mechanics“,. The Variational Principles of Mechanics, 4th, Dover Publications, 1970. [[Maxsus:BookSources/978-0-486-65067-8|ISBN 978-0-486-65067-8]].
HavolalarTahrirlash
AsarlarTahrirlash
- Zur Elektrodynamik bewegter Körper Einsteinning olmon tilidagi asarlari, Annalen der Physik, Bern 1905-yil
- Harakatlanuvchi jismlarning elektrodinamikasi (On the Electrodynamics of Moving Bodies) 1923-yilda nashr etilgan The Principle of Relativity kitobidan inglizcha tarjima.