Megaommetr (mega..., om va ...metr) — katta (106 va undan yuqori) qarshiliklarni oʻlchaydigan asbob. Tarkibida oʻzgaruvchan tok generatori (500 V kuchlanishgacha), Mom larga boʻlingan shkala, ikki ramkali magnitoelektr logometr va qoʻshimcha qarshiligi boʻlgan M. eng kengtarqalgan. Logometrning ramkalari ikkita parallel tarmoqlarni hosil qilib, ulardan biri oʻlchanadigan qarshilikka ulanadi. M. yordamida izolyasiyaning elektr qarshiligini oʻlchashda atrof muhitning temperaturasi, namligi hisobga olinadi. Bundan tashqari, elektron M. va raqamli hisoblash qurilmasi boʻlgan M.lar ham mavjud. M. yordamida elektr simlar, transformatorlar, elektr mashinalari chulgʻamlari, kabellar, izolyasiya qarshiliklari, shuningdek, izolyasiyamateriallarning sirtqi va hajmiy qarshiliklari oʻlchanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil