Megera
Megera[1] (qadimgi yunoncha: Μέγαιρα, „hasadgoʻy“) — qadimgi yunon mifologiyasida uchta Eriniyaning ― aybdorlarni taʼqib qilib, ularni aqldan ozdiruvchi, qonli adovat maʼbudalarining eng dahshatlisi. Ereb va Nyuktaning qizi (yoki Tun va Tartarning[2] qizi yoki Uran axtalash paytida oqayotgan qon tomchilaridan tugʻilgan). Rimlik Furina (furii) ga mos keladi[3].
Hasad va gʻazabning timsoli. U sochining oʻrnida ilonlari bor, oʻtkir tishlari va qoʻlida qamchi bilan dahshatli ayol sifatida tasvirlangan[4].
Majoziy maʼnoda — yovuz va janjalkash ayol (faqatgina oʻzbek tilida emas, balki, misol uchun, fransuzcha: mégère, italyancha: megera). Megera Brajnik kapalagi va (464) Megera asteroidi uning nomi bilan atalgan[5][6].
Manbalar
tahrir- ↑ Сенека. Геркулес в безумье 102
- ↑ Vergiliy. Eneida XII 846
- ↑ Мифы народов мира. М., 1991-92. В 2 т. Т.2. С.127; См. Нонн. Деяния Диониса X 35.
- ↑ Гл. ред. А.М. Прохоров. Большая Советская Энциклопедия. — 3. — М.: Советская Энциклопедия, 1969-1978. — Т. 15. — С. 551. — 632 с.
- ↑ Псевдо-Аполлодор. Мифологическая библиотека I 1, 4
- ↑ Бич // Библейская энциклопедия архимандрита Никифора. — М., 1891—1892.