Mejdu kushanami i arabami, toʻliq nomi Mejdu kushanami i arabami: arxitektura Sredney Azii V—VIII vv. (ruscha: Между кушанами и арабами: архитектура Средней Азии V—VIII вв.) — Sergey Xmelnitskiyning Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi tarixiga atab yozilgan monografik kitoblaridan birinchisi. 2000-yil Berlin va Riga shaharlarida „Gamajun“ nashriyotida qattiq jildda chop etilgan.

Mejdu kushanami i arabami
Asl nomi ruscha: Между кушанами и арабами: архитектура Средней Азии V—VIII вв.
Muallif(lar) Sergey Xmelnitskiy
Mamlakat Germaniya
Latviya
Til ruscha
Janr(lar)i ilmiy nashr
Nashr etilgan sanasi 2000-yil
Nashriyot Gamajun
Sahifalar soni 290
ISBN ISBN 9984-599-04-3

Kitobda Oʻrta Osiyoga islomning kirib kelishigacha boʻlgan ilk oʻrta asrlardagi meʼmorchilik tarixi toʻgʻrisida soʻz boradi. Unda muallif Panjikentdagi „ibodatxonalar“ („храмы“; ammo aslida — jamoat binolari) deb nomlangan yangi atributni ilmiy asoslaydi; ilk oʻrta asr qalʼalarining — koʻshklarning tasnifini beradi; taniqli Oʻrta Osiyo inshootlarini yangi rekonstruksiyasini taklif etadi[1].

Kitobda monografiya mavzusi qamrab olgan davrga oid shaharsozlik, qurilish materiallari va konstruksiyalari, rejalashtirish, kompozitsiyalash va ichki tuzilish texnikasi, koʻshklar, qalʼalar, turar-joy binolari, saroylar, jamoat binolari, memorial binolar va kult meʼmorchiligi aniq misollar bilan yoritib berilgan[1].

Kitobni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etishgan: R. Muradov — muharrir, V. Reshetov – rasmlari muharriri, O. Libedenets – layout operatori[1].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Хмельницкий 2000.

Havolalar tahrir

[sayt ishlamaydi]

Adabiyotlar tahrir

  • Хмельницкий С. Г. Между кушанами и арабами. Архитектура Средней Азии V—VIII вв — Gamajun. — Берлин—Рига, 2000. — P. 290. — ISBN 9984-599-04-3.