Melanoma (yunoncha: melas — qora, ota — oʻsma maʼnosini anglatuvchi qoʻshimcha), melanoblastoma, melanosarkoma — asosan, teri (baʼzan koʻz toʻr pardasi, miya, shilliq pardalar)dagi xavfli oʻsma; qora pigmentlar — melaninlarni ishlab chiqaradigan hujayralar (odatda tugma dogʻlar)dan paydo boʻladi. M.ga turli shikastlanishlar, gormonlar ishlab chiqarilishining izdan chiqishi va boshqa sabab boʻlishi mumkin (etiologiyasi toʻliq oʻrganilmagan). Asosan, burunhalqum, qiqildoq, qiziloʻngach, ichak shilliq qavatlari, shuningdek, koʻzning toʻr va tomirli pardasi, bosh miya bilan orqa miyaning yumshoq miya pardasida boʻladi. M. nihoyatda xavfli oʻsmalardan hisoblanadi, boshqa aʼzolarga metastaz beradi.

Davosi : kimyoterapiya, nur bilan davolash, bular naf bermasa jarrohlik usuli qoʻllanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil