Meros. Erk. Qadrim
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
„Meros. Erk. Qadrim“ — oʻzbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub qissalar toʻplami. 1975-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga Qodirovning „Meros“, „Erk“, „Qadrim“ qissalari kiritilgan. „Qadrim“ qissasi 1961-yil, „Erk“ qissasi 1968-yil, „Meros“ qissasi esa 1974-yilda yozilgan.[1]
Muallif(lar) | Pirimqul Qodirov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | qissa |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1975 |
„Qadrim“, „Erk“, „Meros“ qissalarida inson shaxsiga ehtirom, erk, oʻzlik, qadriyat muammolari yoritilgan. Har bir qissaning markazida, asosan, inson turadi. Qissalarda insonni oʻyga, hayajonga solgan muammolar yoritilgan. Yozuvchi hayotga endi kirib kelayotgan yigit obrazi orqali boshqalarni qaramlikka qarshi kurashishga, qadr-qimmat, oʻzlik, gʻururni himoya qilishga hamda mustaqillik uchun kurashishga chaqirgan.
Qissalar haqida asar yozilganidan keyin yigirma yil oʻtib yozuvchining oʻzi shunday degan: „Totalitar imperiya bizni qaram ahvolga solib, qadr-qimmatimizni yerga urishini ich-ichimizdan sezib, ruhan behad qiynalardik. Lekin buni ochiq aytolmay, „Qadrim“, „Erk“ kabi qissalarda ichki erkini yoʻqotgan, mutelik dardiga giriftor boʻlgan qahramonlar hayotini hamdardlik bilan koʻrsatish orqali ozodlik va mustaqillikka boʻlgan tashnalikni qondirishga intilardim“.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ „Pirimqul Qodirov (1928–2010)“. Savol-Javob. Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.
- ↑ „Pirimqul Qodirov (1928-yil tugʻilgan). Adibning hayot va ijod yoʻli“. Hozir. Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.