Metafosfatlar — metafosfat kta (NRO,) tuzlari. Fosforli oʻgʻitlar sifatida kaliy va kalsiy meta-fosfatni ishlatish mumkin. Kaliy metafosfat (KRO3) yuqori kon-sentrlangan chiqindisiz fosforkaliyli oʻgʻit. Kimyoviy toza kaliy meta-fosfatda 60,1% R2O5 va 39,9% K2O boʻladi. Havoning oʻrtacha namligida oʻziga nam tortmaydi, turganda mushtlanib qolmaydi. Fizik xususiyatlari yaxshiligi uni azotli oʻgʻitlar bilan aralashtirib ishlatishga imkon beradi. Agrokimyoviy sinovlarga qaraganda kaliy metafosfat hamma tuproqlarda ortofosfatlarga oʻxshab taʼsir qiladi. Gʻoʻza ekiladigan dalalarda kuzgi shud-gorlashda asosiy oʻgʻit sifatida qoʻllaniladi (175–200 kg/ga R2O5 hisobida). Kalsiy metafosfat Sa(RO3)2 kukun holdagi konsentrlangan oʻgʻit, tarkibida 64,6% R2O5 24,5% SaO, 4,3% SiO2, 3,7% R2O3 va (Q2% F bor. Hamma tuproklarda barcha ekinlarga qoʻllash mumkin. M.ni ishlab chiqarish texnologiyasi murakkabligi tufayli qishloq xoʻjaligida ishlatish bir qadar cheklangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil