Metasomatik konlar - metasomatizm natijasida vujudga kelgan foydali qazilmalar. Metasomatik konlar chuqurlikda qaynoq mineral suvli eritmalar taʼsirida togʻ jinslarining toʻliq erishi va ayni vaqtda yangi minerallarning choʻkishi yoki eritmalar va togʻ jinslarining oʻzaro taʼsiridan kimyoviy almashinuv reaksiyalari natijasida vujudga keladi. Har ikki hodda ham eritmalar Metasomatik konlar hosil boʻlgan joyga togʻ jinslari elementlarini va qimmatli ruda metallarini olib keladi. Karbonatli jinslar (ohaktosh va dolomitlar) Metasomatik konlar hosil boʻlishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Metasomatik konlar murakkab shaklli yotqiziqlar hosil qiladi. Bunday konlarning yuqori (qora, ran-gli va kamyob metallarning skarnli va greyzenli konlari), oʻrta (aksari mis, qoʻrgʻoshin va rux rudali konlar) va past (uran va misning infiltratsion konlari) temperaturali turlari mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil