Metasomatizm
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Metasomatizm, metasomatoz (meta... va yun... somatos — jism) — togʻ jinsidagi baʼzi minerallarning boshqa minerallar bilan almashinish hodisasi. M.da togʻ jinslarining umumiy kimyoviy tarkibi jiddiy oʻzgarishga uchraydi. Bu jarayon ham ekzogen, ham endogen sharoitlarda oʻtishi mumkin, bunda avvalgi minerallarning erishi va yangi minerallarning hosil boʻlishi bir vaqtda sodir boʻladi. M. geologik hodisa sifatidagi roli Yer poʻstining shakllanishida gipergenez, sedi-mentogenez, magmatizm va metomorfizm bilan bir qatorda turadi. M. magmatik jarayonlardan keyin ajralib chiqadigan eritmalar va yuza suvlar taʼsirida sodir boʻladi. Postmagmatik M. bilan ruda hosil boʻlishi bogʻliq. M. taʼsirida dala shpatlari erib, uning tarkibidagi gil, qumtuproq hisobiga muskovitli kvarsning ayrim holdagi seritsit, albit, topazli birikmasi hosil boʻladi. Granit massivlarining atrof jinslari ikkilamchi kvarsit, greyzen va ohaktoshlar kontaktida skarnlar vujudga keladi. M. unda ishtirok etgan elementlarning siljish tezligiga qarab infiltra-siyali va diffuziyali xillarga boʻlinadi. M.jadallashganda tobora koʻproq komponentlar harakat holatiga oʻtadi va M. mahsulotida minerallar soni bir mineralli jins hosil boʻlishigacha qisqaradi. Oʻzbekistonda M. jarayoni deyarli hamma rudali joylarda tarqalgan. Ular bilan barcha maʼlum mis, qoʻrgʻoshin, pyx, volfram, oltin, kumush va elementlar rudali konlari bogʻliq.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |