Metateza (yun. metathesis — oʻrnini almashtirish) — soʻzdagi tovushlar (asosan, undoshlar)ning oʻzaro oʻrin almashtirish; tovush oʻzgarishlarishtt bir turi. Masalan, tuproq — turpoq, toʻgʻramoq — toʻrgʻamoq, ahvol — avhol va hokazo. M. ogʻzaki tilga, shevalarga hamda bolalar nutqiga xos hodisa boʻlib, baʼzan bunday oʻzgarishlar adabiy tilning tarixiy taraqqiyoti natijasida yoki boshqa tillardan soʻz oʻzlashtirish jarayonida tilda mustahkam oʻrin olib, adabiy meʼyorga aylanadi: yomgʻir<yogʻmir, daryo<dayro; qulf<arab. "qufl"; tarelka<nem. "Teller" kabi. Yondosh, yonma-yon turgan tovushlar, shuningdek, yondosh boʻlmagan, bir-biridan uzoqroq boʻlgan tovushlar M.si farqlanadi. Masalan, boʻyra—boʻryo, aylanmoq — aynalmoq kabi. M., koʻpincha, yosh bolalar tomonidan yangi soʻzlarni oʻzlashtirishda, talaffuz qilishda hamda boshqa tillarda soʻz qabul qilish jarayonida talaffuz uchun noqulay tovush birikmalaridan qochishga intilish natijasida paydo boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil