Meteorograf (yun. meteoros — yuqoriga koʻtarilgan, osmonga oid va ...graf) — havo namligi, bosimi va temperaturasi, shuningdek, atmosferaning yuqori qatlamlaridagi shamol tezligini bir vaqtda avtomatik holda qayd qiladigan aerologik asbob. M. termograf, barograf va gigrografdan iborat. Yozuvlar soat mexanizmi bilan harakatga keluvchi barabandagi maxsus qogʻoz tasmaga yoziladi. Sharzondlar bilan atmosferaning 35–40 km iga chikariladigan zond M., samolyotlarda ishlatiladigan M., shuningdek, aerostat va aerologik qurilma yoki meteorologii raketalarga oʻrnatiladigan M. va boshqa mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil