Meteorologik raketa, geofizik raketa — atmosfera yuqori qatlamlari (ayniqsa, meeosfera va ionosfera)ni tekshirishda qoʻllaniladigan asboblarni olib chiqadigan raketa. Unga oʻrnatilgan meteorologik asboblar yordamida atmosfera temperaturasi va bosimi, shamol yoʻnalishi, havo tarkibi, kosmik nurlar, Yer magnit maydonining joylashishi va boshqa aniqlanadi. Shuningdek, Quyosh nuri spektri va Yer sirti suratga olinadi. Meteorologik raketa koʻtariladigan balandlik cheklangan (100–150 km), uning ogʻirligi nisbatan kichik (400–500 kg). Koʻpincha, massasi 80 kg gacha boʻlgan, taxminan 65–70 km balandlikka koʻtariladigan Meteorologik raketa ishlatiladi. Meteorologik raketa har xil geografik rayonlardan, jumladan, Arktika va Antarktika, quruqlikdagi st-yalardan va kemalardan uchirilishi mumkin.

Meteorologik raketa 2 kism: dvigatel qurilmasi va apparat oʻrnatiladigan ajraladigan (bosh) qismdan iborat. Meteorologik asboblar Meteorologik raketaning bosh qismida boʻladi. Raketaning bu qismi raketa korpusidan avtomatik tarzda ajralib, pastga maxsus parashyut yordamida tushiriladi. Meteorologik raketaning radiosignallari Yerdagi telemetrik st-yalar orqali qabul qilinadi. Meteorologik maʼlumotlar elektron-hisoblash mashinasi yordamida ishlab chiqiladi. Meteorologik raketalar temperaturayektoriyasi kinoteodolit, ballistik kamera, radiolokator, radiodopler tizimi va boshqa bilan boshqariladi. Meteorologik raketa atmosfera hodisalariga aktiv taʼsir qilishda ham ishlatilmoqda.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil