Metionin (Methioninum) — 2-ami-no-4-metiltiobutan kislota. Oʻziga xos qoʻlansa hidli, oq kristall modda. Almashtirib boʻlmaydigan aminokislota. Mol. m. 149,21. Sintez nuli bilan olingan. Biologik faol modda, hayvon va oʻsimliklar oqsilida ham bor. Suvda juda oz eriydi.Organizmda adrenalin, kreatin kabi moddalar sintezida ishtirok etadi, gormonlar, fermentlar, vitaminlar taʼsirini kuchaytiradi. M. yetishmaganda moddalar almashinuvi buzilib, jigarni yogʻ bosadi. Jigar sirrozida jigar toʻqimalari margimush preparatlari, xloroform, benzol va boshqa zaharli moddalardan zararlanganda beriladi. Virusli gepatitna M. tavsiya etilmaydi. Dizenteriya bilan ogʻrigan kishilarga, organizmda oqsil yetishmaganda ham baʼzan tavsiya etiladi.

Qarilarga aterosklerozning oldini olish va davolash uchun buyuriladi. Tabletkalari 0,25 va 0,5 g dan chiqariladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil