Metrorragiya (yun. metra — bachadon va rhegnymi — yorib chiqaman) — hayz koʻrish maromining buzilishi oqibatida bachadondan betartib qon ketishi. Koʻpgina akusherlik (abort, yedboʻgʻoz, bachadondan tashqari homiladorlik va boshqalar) va ginekologik kasalliklarda (bachadon shilliq qavati polipozi, bachadon boʻyni eroziyasi, fibromioma, sarkoma, jinsiy organlar raki va boshqalar)da kuzatiladi. Qon ketishiga bachadon devorida qon oqimining buzilishi sabab boʻladi. M.ning oldini olish uchun uni keltirib chiqargan asosiy kasallikni bartaraf etish lozim.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil