Mexanizmlar nazariyasi - mexanizmlarni tekshirish (analiz qilish), muayyan kinematik va dinamik shartlarga muvofiq yangi mexanizmlarni loyihalash, ularning kinematika va dinamikasini oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Mexanizmlarning tuzilishi, kinematikasi va dinamikasiga oid umumiy krnuniyatlarni ochib beradi; bu krnuniyatlar esa konkret mexanizmlarga tatbiq qilinadi. Mexanizmlar nazariyasining muhim boʻlimi — mexanizmlar sintezi; unda muayyan kinematik va dinamik shartlarga muvofiq mexanizmlarni loyihalash usullari oʻrganiladi. Mexanizmlarni loyihalash, asosan, uch bosqichdan iborat: birinchi bosqichda mexanizmning kinematik sxemasi tuziladi, ikkinchi bos qich da mexanizmning puxta, ishonchli, f.i.k. yuqori boʻlgan konstruktiv shakli aniqlanadi, uchinchi bosqichda mexanizmning texnologik va texnik-iktisodiykoʻrsatkichlari ishlab chiqiladi. Mexanizmlar nazariyasining ushbu bosqichlari mexanizmlarni loyihalash masalalarining asosiy mazmunini tashkil etadi, chunki detallarning mustahkamligini hisoblash va konstruktiv shaklini aniqlashga oid keyingi barcha operasiyalar ularning kinematik va dinamik xususiyatlarini oʻzgartira olmaydi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil