Antoine Meillet (11-noyabr 1886, Mulen — 21-sentabr 1936, Shatomeyan) — fransuz tilshunosi. Peterburg Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1906), Parij lingvistik jamiyati kotibi (1906—36), Parijdagi Slavyanshunoslik ilmiy tadqiqot instituti tashkilotchisi va shu institutning ilmiy jurnal muharriri. Tilshunoslikda ijtimoiy yoʻnalishning asoschisi. Uning fikricha, til nutqiy faoliyatining ijtimoiy mahsuli, binobarin, til-shunoslikning asosiy vazifalaridan biri jamiyat qurilishidagi oʻzgarishlarning til qurilishidagi oʻzgarishlarda aks etishini oʻrganishdir; til ayrim shaxslarga qarashli boʻlishi barobarida, eng avvalo, ijtimoiy hodisa; turli mamlakatlar olimlarining hamkorligi tilshunoslikning taraqqiyotini belgilaydigan omillardan biri. M.ning "Jahon tillari" nomli asari eʼlon qilingan (M. Koen bilan hamkorlikda, 2nashri 1952-yilda). "Hindevropa tillarini qiyosiy oʻrganishga kirish" (1903), "Tarixiy tilshunoslikda qiyosiy metod" (1925), "German tillari guruhining asosiy xususiyatlari" (1925) kabi asarlari rus tilida chop etilgan.[1]

Antoine Meillet

Manbalar tahrir

  1. "MEYE (Meillet) Antuan" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil