Miguel Angel Melogno (ispancha: Miguel Ángel Melogno)—urugvaylik futbolchi, yarim himoyachi.1905-yil 22-martda Urugvay Salto shahrida tugʻilgan.

Futbol
Miguel Angel Melogno
Tugʻilgan sana va joyi 1905-yil 22-mart(1905-03-22)

Urugvay,Salto
Oʻlimi 1945-yil 27-mart(1945-03-27) (40 yosh)

Urugvay, Montevideo
Fuqaroligi Flag Urugvaya Urugvay
Ampula yarimhimoyachi
Klubdagi faoliyati[* 1]
1925—193? Flag Urugvaya Belya Vista
Terma jamoa[* 2]
1925—1930 Flag Urugvaya Urugvay 3 (0)
Xalqaro medallar
Olimpiada oʻyinlari
Oltin Amsterdam 1928 futbol
Jahon chempionati
Oltin Urugvay
  1. Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov.
  2. Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax.

1930-yilda jahon chempioni, 1928-yilgi Olimpiada o'yinlari chempioni.

Tarjimai holi tahrir

Miguel Angel Melogno Salto shahrida tugʻilgan va „Belya Vista“ darajasidagi klubda oʻynagan.U Xose Nasazzi, Ademar Kanavesi, Xose Leandro Andrade va Pablo Dorado bilan birga 1920-yillardagi klubning eng koʻzga koʻringan futbolchilari roʻyxatiga kirardi[1].

1925-yilda Urugvay terma jamoasida uchta oʻyin oʻtkazdi. Uchalasi ham oʻrtoqlik uchrashuvi maqomidagi oʻyinlar edi.Uchtasi ham Paragvayga qarshi Asunsionda oʻynadi[2].

1926-yilda Melogno ham Urugvay milliy terma jamoasiga chaqirilgan.1928-yilda Amsterdamga Yozgi olimpiada oʻyinlarining futbol musoboqasiga Urugvay terma jamoasi safida ketgan, ammo unga maydonga tushish nasib qilmagan.Urugvay terma jamoasining asosiy tarkib futbolchilari musobaqa taqdirini oʻzlari xal qilib chempionlikkacha barcha raqiblarni magʻlub etishgan.Lekin oʻyinlarda maydonga tushmay zahira oʻrindigʻida navbatini kutgan boʻlsada, jamoa aʼzosi sifatida Amsterdam Yozgi olimpiada oʻyinlari futbol musobaqalari gʻolibi sifatida oltin medalini qoʻlga kiritgan.

Xuddi shu narsa 1930-yilda vatani Urugvayda boʻlib oʻtayotgan futbol tarixida birinchi bor oʻtkazilayotgan jahon chempionatida ham sodir boʻlgan.Melogno jahon chempioni boʻldi, lekin u hech qaysi oʻyinda maydonga tushmadi.Jahon chempionati davomida Urugvayning Peru terma jamoasi, Ruminiya terma jamoasi, Yugoslaviya terma jamoasi va finalda Argentina terma jamoasiga qarshi oʻyinni jamoa zahira oʻrindigʻidan tomosha qilishga majbur boʻldi.

Miguel Angel Melogno 1945-yilda juda erta 40 yoshida vafot etdi.Urugvay poytaxti Montevideoda dafn etilgan.

Yutuqlar tahrir

Sana Joyi Raqib Hisob Baxsni maqomi
1 15.08.1925 Asunson Paragvay 0:1 Oʻrtoqlik oʻyini
2 19.08.1925 Asunson Paragvay 1:0 Oʻrtoqlik oʻyini
3 23.08.1925 Asunson Paragvay 0:0 oʻrtoqlik oʻyini

Manbalar tahrir

  1. „История «Белья Висты»“. 2011-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-oktabr 2011-yil.
  2. „Angel Melogno“ (inglizcha). 11v11.com (2011). Qaraldi: 18-oktabr 2011-yil.

3.https://www.transfermarkt.com/angel-melogno/profil/spieler/660311

4.Futbol boʻyicha jahon chempioni jamoalari