Mikrofotometr, mikrodensitometr — fotosuratlarning optik zichligini oʻlchaydigan asbob. Oddiy va avtomatik ravishda qayd qiladigan xillari bor. Birinchisida fotosurat (spektrogramma) mikroskopik obʼyektivda 6—30-marta kattalashtiriladi.Spektrogrammaning qoraygan qismidan oʻtib, selenli fotoelemen-tga tushuvchi nur oʻzgaruvchan tirqishdan ekranga proyeksiyalanadi. Tirqish ustidagi yarim shaffof shishaga tushirilgan zichlik shkalasi yordamida oʻtka-zuvchanlik koeffitsiyenti aniqlanadi. Avtomatik qayd qiladigan xilida qorayganlik darajasini ifodalovchi chiziq avtomatik ravishda chiziladi M.ning izofotometr (ekvidensitometr), mikrospektrofotometr va boshqa maxsus turlari mavjud. Avstronomik fotografiyada, optik usul bilan tovush yozishda, spektroskopiya, rentgenogramma va boshqa da ishlatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil