Mikrospora (mikro... va spora) — har xil sporali qirqquloqsimonlar va urugʻli oʻsimliklarning mayda sporalari. Odatda, maxsus organlar — mikrosporangiylarda arxesporial hujayralarning meyozga uchrashi natijasida koʻp miqsorda hosil boʻladi. M. yupqa ichki parda va ancha qalinroq tashqi pardadan tuzilgan. Qirqquloqsimonlarda M. jinsiy aʼzo — anteridiyli erkak oʻsimta hosil qiladi. Suv, shamol va boshqa yordamida tarkaladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil