AC Milan
"Milan" futbol klubi (italyancha: Associazione Calcio Milan) — Italiya professional futbol klubi. „Milan“ dunyoning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan biri: xalqaro kuboklar soni boʻyicha 1-oʻrinda (18ta); UEFA Chempionlar Ligasining (Yevropa Chempionlar Kubogi) 7 karra sohibi (2-oʻrin), demak ushbu kubokni oʻzida abadiy saqlash huquqiga ega (hammasi boʻlib bunday sharafga Yevropaning 5 jamoasi — Real Madrid C.F., AFC Ajax, Bayern Munich, Liverpool — sazovor). UEFA superkubogida eng koʻp marta (5) gʻalaba qozongan.
AC Milan | |||
![]() | |||
Toʻliq nomi | Associazione Calcio Milan | ||
Laqabi | Rossoneri (qizil-qoralar) | ||
Asos solingan | 1899 | ||
Stadion | Giuseppe Meazza (San Siro), Milan, Italiya | ||
Stadion hajmi | 80 018 | ||
Rahbari | ![]() | ||
Murabbiyi | ![]() | ||
Musobaqasi | |||
2021-22 | 1-oʻrin | ||
|
Dunyoning eng qimmat klublari qatoriga kiradi, Forbes jurnalining 2011-yil aprel oyidagi baholariga koʻra klub qiymati — $838 million.
2010 yilning 25-iyunida Leonardo isteʼfoga chiqqach, Massimiliano Allegri „Milan“ bosh murabbiyi etib tayinlangan. Klub vitse-prezidenti — Adriano Galliani.
Milan futbol klubi Juventus bilan birgalikda Italiya futbol jamoalari orasida LGBTni rasman qoʻllab-quvatlagan jamoalar hisoblanadi[1].
Tarix tahrir
1899-1946 tahrir
„Milan“ futbol klubiga (Milan Cricket and Foot-Ball Club) 1899 yilda Britaniyaliklar Alfred Edvards (klubning birinchi prezidenti) va Gerbert Kilpin (klubning birinchi sardori) tomonidan asos solingan. Qora-qizil rangli libos gʻoyasi aynan Kilpinga tegishli. Unga koʻra qizil rang shaytonni, qora rang esa (jamoa raqiblariga) havfni anglatadi.
„Milan“ futbol klubi 1981 yilda yangitdan qayta tashkil qilingan boʻlib bu jamoaning B seriyadan qaytgan yiliga toʻgʻri keladi. Muhlislar orasida jamoa tashkil etilgan yil boʻyicha turli baxslar boʻlishiga qaramasdan jamoa logosi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
„Milan“ oʻzining birinchi norasmiy oʻyinini 1900 yilning 11-martida „Mediolanum“ jamoasiga qarshi oʻtkazib 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. Jamoa tarkibi: Xuud, Kanyani, Toretto, Lis, Kilpin, Valerio, Dubini, Devis, Nevill, Ellison, Formenti. Bu gʻalabadan ruhlangan jamoa vakillari Italiya Futbol Federatsiyasiga kirishga, yaʼni mamlakat chempionatida qatnashishga qaror qilishadi.
Birinchi rasmiy oʻyinda „Milan“ yirik hisobda „Torinoze“ga (0:3) magʻlub boʻlgan. Shunga qaramay 1901 yiliyoq „Milan“ oʻzining birinchi chempionlik unvoniga erishadi (final bahsida Djenoa magʻlub etilgan — 3:0). 1906 va 1907 yillarda klub 2-chi va 3-chi marotaba chempionlikni nishonlaydi. 1908 yil, mahalliy va legioner futbolchilar oʻrtasida futbol qoidalarini tafsil qilishdagi kelishmovchilar yuzasida, „Milan“ chet ellik futbolchilaridan voz kechadi. Bu hodisa Milan shahrida yana bir klub — Inter futbol klubining paydo boʻlishiga olib keladi.
1919 yili klub oʻz nomini Milan Football Clubga oʻzgartiradi. 1920-chi, 1930-chi yillar davomida Italiya futbolida Torino gegemonlik qilgan. Bu paytlarda „Milan“ Italiyaning old jamoalaridan hisoblanmagan. 1939 yilda klub hozirgi kundagi Associazione Calcio Milan nomini olgan.
1950-chi yillar tahrir
1960-chi yillar tahrir
1970-chi yillar — 1986 tahrir
1987-1996 tahrir
1997-2000 tahrir
2001-2009 tahrir
2010- … tahrir
Prezidentlari roʻyxati tahrir
Murabbiylari roʻyxati tahrir
Tarkibi tahrir
2011/2012 mavsum tarkibi tahrir
Maʼlumotlar 2012 yil 19-yanvarga tegishli
Transferlar tahrir
Buyuk futbolchilari tahrir
Gʻalabalari tahrir
- A seriyasi: →18← marta
- 1901, 1906, 1907, 1950/51, 1954/55, 1956/57, 1958/59, 1961/62, 1967/68, 1978/79, 1987/88, 1991/92, 1992/93, 1993/94, 1995/96, 1998/99, 2003/2004, 2010/2011
- Italiya kubogi: →5←
- 1966/67, 1971/72, 1972/73, 1976/77, 2002/03
- Italiya Superkubogi: →6←
- 1988, 1992, 1993, 1994, 2004, 2011
- UEFA Chempionlar Ligasi/ Yevropa Chempionlar Kubogi: →7←
- UEFA Superkubogi : →5←
- Qit'alararo kubok : →3←