Mile Škorić (talaffuzi: Mile Shkorich) (1991-yil 19-iyun kuni tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi himoyachi ampulasida oʻynaydi, hozirda Prva HNLning „Osijek“ jamoasida va Xorvatiya milliy futbol jamoasida maydonga tushadi.

Mile Škorić
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 19-iyun 1991-yil (1991-06-19) (32 yosh)
Tavallud joyi Vinkovci, SR Xorvatiya,
Boʻyi 1.87 m (6 ft 1 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Osijek
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2006 Cibalia Vinkovci
2006—2010 Osijek
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2011 Osijek 27 (1)
2011 Gorica 11 (0)
2012—2013 HAŠK 37 (7)
2013- Osijek 232 (15)
Milliy terma jamoa
2013 Xorvatiya U18 7 (0)
2017- xorvatiya 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(25-sentabr 2021-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (29-mart uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Shkorich oʻz faoliyatini Novi Mikanovtsidagi mahalliy klubda yoshlar darajasida oʻynashdan boshlagan. kKeyinchalik HNK Cibalia Vinkovci akademiyasiga qoʻshilgan[1]. 15 yoshida u 2010-yil fevral oyida oʻzining ilk shartnomasini Osijek jamoasi bilan imzolaganva jamoa tarkibiga qoʻshilgan. Shkorich 2008-yilning 22-martida 2007/08-yilgi mavsumning 25-turida Zadarga qarshi kechgan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda asosiy jamoada zahiradan maydonga tushib debyut qilgan[2]. U Prva HNLdagi ilk golini 2010-yil 23-oktyabrda Rijekaga qarshi safarda 5:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritgan[3]. 2011-yilda u Osijek jamoasini tark etgan va yarim mavsumni Gorica bilan Druga HNLda oʻtkazgan va mavsum oxirida shu divizionning HAŠK jamoasiga oʻtgan. Shkorich 2013/14-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Osijek jamoasiga qayta[4]. Shkorich 2017-yilda markaziy himoyachi ampulasiga joylashishidan oldin yuqori diviziondagi bir nechta futbol jamoalarida yarim himoya chizigʻida oʻynagan. Uning tashqi koʻrinishi futbolchiga „Zidane iz Novih Mikanovaca“ (Novi Mikanovclik Zidan) laqabini olishiga sabab boʻlgan[5].

Faoliyat statistikasi tahrir

Mavsum Klub Divizion Liga Kubok Yevropa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
2007—2008 Osijek 1. HNL 1 0 - - 1 0
2008—2009 9 0 1 0 - 10 0
2009-10 12 0 1 0 - 13 0
2010—2011 5 1 1 0 - 6 1
2011—2012 Gorica 2. HNL 11 0 - - 11 0
HAŠK 12 1 - - 12 1
2012—2013 25 6 - - 25 6
2013—2014 Osijek 1. HNL 23 3 1 0 - 24 3
2014—2015 31 4 1 0 - 32 4
2015—2016 23 2 3 0 - 26 2
2016—2017 22 0 3 0 - 25 0
2017—2018 31 1 3 0 8 0 42 1
2018—2019 34 3 3 0 3 0 40 3
2019—2020 31 1 4 1 2 0 37 2
2020—2021 30 1 3 1 1 0 34 2
2021—2022 7 0 0 0 4 1 11 1
Osijekda jami 259 16 24 2 18 1 301 19
Karyerada jami 307 23 24 2 18 1 349 26

Xalqaro faoliyati tahrir

Shkorich ilk bor Xorvatiya terma jamoasidan 2017-yilning 28-may kuni Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etish uchun chaqiruv olgan. Uning ilk musobaqasi 2019-yil 8-iyun kuni Yevro-2020 saralashida Uelsga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.

U UEFA Millatlar Ligasi doirasida Portugaliyaga qarshi oʻyinda maydonga tushish uchub Osijekdan Splitga (6 soatlik yoʻl mashinada) oʻzi haydab borgan. 2020-yil 17-noyabrdagi oʻyindan bir necha kun oldin Zlatko Dalich barcha markaziy himoyachilarini jarohatlar va COVID tufayli ishtirokchilar roʻyhatiga kirita olmagan. Shkorich oʻyindan ikki kun oldin dastlabki tarkibga qoʻshilgan. U oʻyindagi harakatlari uchun olqishlarga sazovor boʻlgan.

Shkorich Xorvatiyaning Yevro-2020 terma jamoasida ishtirok etgan, biroq turnir davomida birorta ham oʻyinda maydonga tushmagan.

Manbalar tahrir

  1. Razgovor: Mile Škorić at SiB.hr
  2. HRnogomet.com
  3. HRnogomet.com
  4. „HRsport.net“. 2013-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
  5. telesport.telegram.hr