Milliy bogʻ, milliy tabiat bogʻi — alohida qoʻriklanadigan, inson faoliyati taʼsiriga uchramagan va tabiiy manzaralari saqlangan, oʻsimliklar va hayvonot olami va ularning yashash muhiti ilmiy va oʻquv-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan katta tabiiy hudud. M. b.da landshaftlarni tiklash, noyob va yoʻqolib borayotgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarini saqlash ishlari amalga oshiriladi, bir qismi dam oluvchilar va qatʼiy tartibda turistlar uchun ochik/shgi bilan qoʻriqxonalardan farq qiladi. Chet ellarda M. b. davlat tomonidan qoʻriqlanadigan hududlarning keng tarqalgan toifasi hisoblanadi. Jahonda birinchi M. b. AQSH kongressi 1872 y.da qabul qilgan qonun asosida Yellouston daryosining yuqori oqimidagi Qoyali togʻlar hududida tashkil etilgan Yellouston M. b. dir. 1980-y.lar oxirida jahonda 2600 dan ortiq M. b.lar va faoliyati hamda vazifalariga koʻra, M. B.ga yaqin boʻlgan qoʻriklanadigan hududlar tashkil etildi. Ulardan Grenlandiya (Daniya) M. b., maydoni 7 mln.ga, VudBaffalo (Kanada) M.6., maydoni 4,5 mln.

ga, Serengeti (Tanzaniya) M. b., maydoni 2 mln.ga, Oʻzbekistonda Zomin milliy bogʻi, Ugom-Chatqol milliy bogʻi mashhur.

Abdushukur Xonazarov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil