Mir Toqiy Mir Muhammad (1724—1810) — hind va urdu adabiyotining yirik namoyandasi, shoir. "Gʻazal shohi" nomi bilan shuhrat qozongan. Dexli va Laknavda boburiylar xizmatida boʻlgan. Xalqning qismati, orzu va istaklari, insoniy tuygʻulari shoir sheʼrlarining asosiy mavzuidir. 6 gʻazallar devoni, bir qancha qasida, marsiya va 20 dan ortiq masnaviylar yaratgan. "Sevgi alangasi", "Muhabbat dengizi" va "Ajdarnoma" dostonlari uning ijodida alohida oʻrin egallaydi. "Mir xotiralari" ("Zikr-yemir") degan biografik asar yozgan, urdu sheʼriyati antologiyasi ("Nukot ush-shuaro")ni tuzgan (ikkisi ham fors tilida).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil