Qunduz Mirkarimova
Qunduz Mirkarimova (1928.8.3, Toshkent – 2019.6.11) – raqqosa, baletmeyster va pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1966)[1].
Qunduz Mirkarimova | |
---|---|
Tavalludi |
3-avgust 1925-yil |
Vafoti |
11-iyun 2019-yil (93 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Kasbi | Raqqosa, baletmeyster, pedagog |
Mukofotlari |
1984-yilda SSSR xalq artisti. Xalqlar doʻstligi ordeni, 1951-yida „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali, 1997-yilda "Doʻstlik" ordeni, 1994-yilda "Shuhrat" medali va Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi mukofot sovrindori. Bundan tashqari koʻplab respublika va xalqaro tanlov hamda festivallar gʻolibi.
Biografiyasi
tahrirQunduz Mirkarimova 1925-yil 8-martda Toshkent shahrida tavallud topgan.
1937—1941-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi balet bilim yurtida (1947-yildan Oʻzbek xoreografiya bilim yurti, hozirgi Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy bilim yurtida) tahsil olgan. 1951-yilda Katta teatr (hozirgi Moskva davlat xoreografiya akademiyasi) qoshidagi Moskva xoreografiya maktabini tamomlagan[2].
1943—1946-yillarda Yangiyoʻl musiqali drama va komediya teatrida , 1946—1949-yillarda Oʻzbek musiqali drama va komediya teatrida, Muqimiy teatri (hozirgi Muqimiy nomidagi Davlat musiqali teatri), 1951—1953-yillarda – Davlat opera va balet teatri, Alisher Navoiy nomidagi teatr 1953—1956-yillarda Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasida yakkaxon raqqosa boʻlib xizmat qilgan.
1957-1967–yillarda „Bahor“ ansamblida yakkaxon raqqosa va oʻqituvchi, tarbiyachi, 1979-1988 -yillarda Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi Oʻzbek xalq raqslari davlat ansambli badiiy rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Qunduz Mirkarimova SSSRning koʻplab shaharlarida va dunyo mamlakatlarida gastrollarda boʻldi. Ular orasida Fransiya, [[[Yaponiya]], Avstriya, Hindiston, Sudan, Liviya, Misr, Marokash, Jazoir, Tunis, Pokiston, Singapur, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Afgʻoniston, Vengriya, Ispaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari va boshqalar bor.
1964—1979 va 1988-yildan – Oʻzbek xoreografiya bilim yurti oʻqituvchisi, 1996 yildan – professor sifatida faoliyat yuritgan.
Uning shogirdlari orasida Maʼmura Ergasheva, O‘g‘iloy Muhamedova, Tatyana Fedyaueva, Malika Ahmedova, Ziyoda Madrahimova, Dilbar Yunusova, Gulchehra Foziljonova, Gulnora Saidova bor. Shogirdlaridan biri tojik millatiga mansub Zebo Aminzoda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy bilim yurtini 1965-yilda tugatgan va 1986-yilda SSSR xalq artisti unvonini olgan.
Ijodi
tahrirMirkarimova ijrosidagi raqslar samimiy, nafis va jozibadorligi, harakatlari shoʻx va joʻshqinligi bilan ajralib turadi. „Gʻayratli qiz“, „Katta oʻyin“, „Xorazmcha raqs“, „Uygʻurcha rake“, „Rohat“, „Jonon“, „Nay navosi“, „Bahor tongi“, „Tanavor“, „Zang oʻyin“, „Pomircha raqs“, „Dildor“, „Gulrux“, „Gulnoz“ kabi mumtoz, xalq, zamonaviy va boshqa xalqlar raqsini mahorat bilan ijro etgan. Shuningdek, u maqom kuylariga tushgan raqslari bilan mashhur.
Baletmeyster sifatida oʻzbek raqs sanʼatining eng yaxshi anʼanalarini rivojlantirdi. U mumtoz, xalq va zamonaviy raqslarni sahnalashtirgan. „Xotira“, „Ona qalbi“ kompozitsiyalari, „Mustazod“, „Zang“, „Oʻzbekiston qizlari“, „Navroʻz“, „Doira raqsi“, „Tanavor 2“, „Tanavor 3“, „Siynaxiroj“, „Surnay navosi“. „Ey sarvi ravon“, „Oʻzbek miniatyurasi“, „Hamsa“, „Katta buxorcha“ kabi ommaviy, „Nasri segoh“, „Savti munojot“, „Togʻ qizi“, „Dilxiroj“, „Oʻrik gullaganda“, „Nurxon“, „Oʻyna, oʻyna Gulnora“ kabi yakka raqslari oʻzbek xoreografiyasining oltin fondidan oʻrin olgan[3]
Vafoti
tahrir2019-yil 11-iyun kuni Toshkent shahrida vafot etgan. Minor qabristoniga dafn qilindi[4].
Unvonlar va mukofotlar
tahrir1966-yil Oʻzbekiston SSSR xalq artisti. 1984-yilda SSSR xalq artisti. Xalqlar doʻstligi ordeni. 1951-yida „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali. 1997-yilda "Doʻstlik" ordeni. 1994-yilda "Shuhrat" medali va Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi mukofot sovrindori. Bundan tashqari koʻplab respublika va xalqaro tanlov hamda festivallar gʻolibi.
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbek sanʼati ogʻir
- ↑ „Миркаримова Кундуз — Большой Энциклопедический словарь (БЭС)“ (deadlink). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-sentyabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Скончалась народная артистка Узбекистана Кундуз Миркаримова, Новости Узбекистана“. 2019-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |