Mustaqim Mirzayevich Mirzayev (1912 — Buxoro — 1990.21.10) — tilshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975). Filologiya fanlari doktori (1965), professor (1966). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1939). Oʻsha yildan institutning oʻzbek tili kafedrasi oʻqituvchisi, kafedra mudiri (1944). M. hozirgi oʻzbek tili va uni oʻqitish metodikasi, leksikologiya, dialektologiya, oʻzbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi masalalari bilan shugʻullangan. "Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Mashklar toʻplami" (1958,1963, 1968), "Oʻzbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi" (hamkorlikda, 1965), "Oʻzbek tili" (hamkorlikda, 1970) kabi asarlar muallifi.

Manbalar

tahrir
  • Gapda soʻzlar tartibi, T., 1955; Oʻzbek tilining Buxoro gruppa shevalari, T., 1969.