Siroj Hakim, Mirzo Sirojiddin Hakim Buxoriy ibn hoji Mirzo Abdurauf (1877.23.10, Buxoro 1914.17.1) -maʼrifatparvar olim va shoir; tabib, sayyoh. Yirik savdogar oilasida tugʻilgan. Fors, arab, fransuz va rus tillarini mukammal bilgan. Texrondagi Amerika tibbiyot kolleji va Bern universiteti (Shveysariya) tibbiyot ftida oʻqigan. 1902—09 yillarda u Yevropa va Sharq mamlakatlariga 3 marta sayohat qilgan. Tehronda Amerika tibbiyot kolleji va shifoxonasida ishlagan. Buxoroga kaytgach (1909 y.dek.), bu yerda yevropacha usuldagi shifoxona ochib, uni xorijdan keltirilgan tibbiy uskunalar bilan jihozlagan. Koʻp yillik sayohatlari natijasida yaratgan "Tuhfai axli Buxoro" ("Buxoro axliga tuhfa") asarida Usmonli turk sultonligi, Eron, Afgʻoniston, Hindiston va Yevropa mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, madaniy hayotni tasvirlagan.

S.H. oʻzbek va tojik tillarida gʻazal, qasida, muhammas va ruboiylar yozgan. 200 dan ortiq sheʼrlari kiritilgan 2 ta toʻplam va "Tuhfai axli Buxoro" asarining qoʻlyozmasi Toshkentdagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi.

AdabiyotTahrirlash

  • Qori Rahmatulloh Buxoriy [Vozeh], Tuhfat ul ahbob fi tazkirat ul ahbob, Buxoro, 2001; Nizomiddinov I.,Sayyohlarning yozganlari, T., 1960.