Mis qotishmalari
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mis qotishmalari — mis asosidagi qotishmalar. Inson yaratgan birinchi metall qotishma (qarang Jez davri). Bronza, jez va asosiy legirlovchi elementa nikel boʻlgan misnikel qotishmalari (qarang Melxior) Mis qotishmalari jumlasiga kiradi. Mis qotishmalari quyma, deformatsiyalanadigan va kukunsimon xillarga boʻlinadi. Quyma Mis qotishmalari suyuqlanganda oquvchan boʻladi, qotganda uncha kirishmaydi. Deformatsiyalanadigan Mis qotishmalari issiqlayin yoki sovuqlayin bosim bilan yaxshi ishlanadi. Kukunsimon Mis qotishmalari kukunsimon materillar jumlasiga kiradi (q. Kukun metallurgiyasi). Mis qotishmalari antifriksion (ishqalanishga qarshi), issiqbardosh, konstruksion, korroziyabardosh (zanglashga qarshi), prujinabop va elektrotexnika materiallari sifatida keng qoʻllanadi. Bular asbobsozlik, mashinasozlik, aviatsiya va kemasozlikda, suv-bugʻ armaturasi, badiiy buyumlar, idishtovoklar yasash va boshqa sohalarda ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |