Mishel Naim Avn (arabcha: ميشال نعيم عون; 1935-yil 18-fevralda tugʻilgan, Horat Hurayk, Bayrut, Livan) — Livan harbiy va siyosiy rahbari, Livan Qurolli kuchlari generali. 1988-yil 22-sentyabrdan 1990-yil 13-oktyabrgacha Livan Prezidenti va Bosh vaziri. 2016-yil 31-oktyabrgacha Livan Prezidenti.

Mishel Avn
arabcha: ميشال عون
 Livan prizidenti
 
Mansab davri
31-oktabr 2016-yildan
Hukumat boshligʻi Saʼd Haririy
Hasson Diyob (2020 yildan)
Oʻtmishdoshi Tammom Salom (v.b.)
 Livan prizidenti vaqtincha bajaruvchisi
 
Mansab davri
22-sentabr 1988-yildan – 13-oktabr 1990-yilgacha
Oʻtmishdoshi Amin Jumayyil
Vorisi Ilyos Haroviy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-fevral 1935-yil
Horat Hurayk, Togʻli Livan, Buyuk Livan
Siyosiy partiyasi Erkin vatanparvarlik harakati
Turmush oʻrtogʻi Nodiya ash-Shomiy
Bolalari qizlari: Klodin, Shantal va Mireyl
Faoliyati Andoza:Siyosatchi
Mansubligi  Livan
Qoʻshin turi Livan Qurolli Kuchlari
Xizmat yillari 1958—1991
Unvoni General
Janglari Livandagi fuqorolik urushi

Tarjimai hol tahrir

Bolaligi tahrir

E'tiqodi moruniy boʻlgan, kambag'al oilada tug'ilgan. O'rta ma'lumotni u katolik maktablarida olgan va shu bilan birga ko'plab musulmon bolalar bilan do'st bo'lgan.

Ta'lim tahrir

1958-yilda harbiy maktabni, 1959-yilda Fransiyaning Chalon-sur-Marne shahridagi harbiy maktabni tugatgan. 1966-yilda Fort-Seal shahridagi artilleriya maktabida (AQSh, Oklaxoma) va 1978-1980 Fransiyadagi Oliy harbiy maktabda o'qigan. O'z ona tilidan tashqari, ingliz, fransuz, ispan va italyan tillarida ham so'zlashadi.

Ofitser tahrir

U Bayrut va Fransiyadagi artilleriya maktablarini, so'ngra AQShda harbiy kurslarni tugatgan. Livan armiyasida artilleriya ofitseri sifatida xizmat qildi. 1961 yilda uning ikki hamkasbi - Suriyaparast partiyaning a'zolarini harbiy razvedka tomonidan qo'zg'olon uyushtirganligi uchun hibsga olingach, u so'roqlarni yuzaki ravishda to'xtatishni talab qildi. Biroq, u bo'linmani tark etganida, qiynoq davom etdi. Qaytib kelgach, Avn kontrrazvedkachi xodimlarining xatti-harakatlarini "qabul qilib boʻlmas natsizm" deb atadi.

70-yillarning o'rtalarida Livanda boshlangan fuqarolar urushi davrida markaziy hukumatni doimiy ravishda qo'llab-quvvatladi. 1976 yil yozida u Tall Zaʼtarni qamal qilishda qatnashdi. 1980-yillarning boshlarida Sharqiy va G'arbiy Bayrutni, xristianlar va musulmonlarni ajratib turuvchi "Yashil chiziq" da joylashgan "xavfsizlik brigadasi"ni boshqardi. Suriya harbiy kuchlari bilan qurolli to'qnashuvlarda ishtirok etgan. 1982 yilda Isroil Livanga bostirib kirganda, u prezident saroyini himoya qildi va faqat prezident Ilyos Sarkisning buyrug'i uni chekinishga majbur qildi.

1984 yildan - qurolli kuchlar qo'mondoni, Livan tarixidagi eng yosh zobit boʻldi. U o'z kuchini armiyaning kuchi va birligini saqlashga qaratdi. U printsipial ravishda 1984-1988 yillarda ommaviy axborot vositalariga (qurolli kuchlar jurnalidan tashqari) intervyu bermadi.

Livan Prezidenti tahrir

2016 yil 31 oktyabrda, saylovlar boshlanganidan 2,5 yil o'tgach, 46-urinishdan so'ng Mishel Avn Livan Prezidenti lavozimiga saylandi. U o'sha kuni Baabda saroyida qasamyod qildi va Livanning Fransiyadan mustaqillikka erishganidan keyingi tarixidagi 13-Prezidenti bo'ldi.

Livanda 2019 yil oktyabr oyida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi va 29 oktyabr kuni Bosh vazir Saʼd Xariri iste'foga chiqishini e'lon qildi. Uzoq muddatli siyosiy maslahatlashuvlardan so'ng, 2019 yil 19 dekabrda Prezident Avn Livanning yangi hukumatini tuzishni sobiq Ta'lim vaziri, Bayrutdagi Amerika universiteti professori Hasson Diyobga topshirdi.

Oilasi tahrir

Turmush oʻrtogʻi — Nodiya ash-Shomiy

Qizlari:

  • Klodin
  • Shantal taniqli Livanlik siyosatchi Gebran Bassilga turmushga chiqqan.
  • Mireyl

Avnning uchta nabirasi bor.

Manbalar tahrir