Indrani Chakraborty(1994-yil 21-dekabrda tugʻilgan) - hind aktrisasi. Aktrisalik sohasida Mishti nomi bilan tanilgan. Millati bengal boʻlib, asosan telugu va hind filmlarida suratga tushadi. U "Kaanchi:The Unbreakable"(Kaanchi:Buzilmas)(2014), Chinnadana Nee Kosam(2014), Adam Joan(2017), Brixaspathi(2018) va "Burra Katha"(2019) kabi filmlarda suratga tushgan va mashhur bo'lgan.

Mishti
Tavalludi
Indrani Chakraborty

1994-yil 21-dekabr
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa

Yoshlik yillari tahrir

Mishti tug'ilganida Indrani Chakraborty ismini olgan. 1987-yil 21-dekabrda Hindistonning Gʻarbiy Bengaliya shtati, Kalkutta shahrida bengal oilasida tugʻilgan. Uning onasi Beena Chakraborty uy bekasi, otasi esa qurilish biznesi bilan shug'ullanuvchi tadbirkor. U Kalkutta universitetining ingliz adabiyoti fakultetini tamomlagan.[1]

U Mishti ismini 2014-yildan boshlab professional aktrisalik faoliyatida faol ravishda ishlata boshladi.[2]

Faoliyati tahrir

U oʻzining Bollivuddagi debyutini Subhash Ghaining “Kaanchi: The Unbreakable[3][4] filmi bilan va telugu tilidagi filmlardagi debyuti A. Karunakaranning filmi "Chinnadana Nee Kosam" filmida amalga oshirgan.[5][6] Prithviraj Sukumaran va Jinu Abrahamning Adam Joan filmi bilan malayalam tilidagi filmda dastlabki rolini ijro etgan.[7]

Mishtining navbatdagi telugu filmi "Columbus" filmi bo'lib, bosh rolni Sumanth Ashwin o'ynagan va MS Raju tomonidan sahnaga olib chiqilgan.[8] U Bollivudga Indra Kumarning "Great Grand Masti" filmida rol ijro etish bilan qaytdi. Bu Masti o'ynagan filmalarning 3 to'plami edi.[9][10] 2017-yilda u Srijit Mukherjining "Begum Jaan" tarixiy filmida Naseeruddin Shoh va Vidya Balan bilan birga rol o'ynadi. Film fohishaxona haqida suratga olingan va u filmda Shabnam rolini ijro etgan edi.[11] Film Hindistonda o'rtacha daromad keltirgan filmlar qatoriga kiradi.[12]

Reklamalarda tahrir

Mishti - "Vicco" kompaniyasining brend yuzi va elchisi hisoblanadi.[13]

Filmografiyasi tahrir

 
Yil Film Rol Til Izohlar
2014 Porichoi Rimi Bengal [14][15]
Kaanchi: The Unbreakable Kaanchi Hind
Chinnadana Nee Kosam Nandini Reddy Telugu
2015 Columbus Indu
2016 Great Grand Masti Rekha Meet Mehta Hind
2017 Begum Jaan Shabnam
Babu Baga Busy Radha Telugu
Adam Joan Amy Malayalam
2018 Brihaspathi Shalini Kannada
Semma Botha Aagathey Madhu Tamil
Sarabha Divya Telugu [16]
2019 Manikarnika Kashibai Hind [17]
Burra Katha Happy Telugu [18]

Manbalar tahrir

  1. I don't act in front of the camera; I make love to it'. 21-aprel 2014-yilda qaraldi. 
  2. „Subhash Ghai renames Indrani Chakraborty as 'Mishti' for 'Kaanchi'“. Indian Express. Qaraldi: 22-aprel 2014-yil.
  3. „"Mishti Is One Of The Best Actors I Have Found" Subhash Ghai - Koimoi“ (6-mart 2013-yil).
  4. „Kaanchi: Subhash Ghai picks Bengali debutante Mishti - Times of India“.
  5. „Mishti Chakraborty happy to be part of India's second largest film industry“ (26-dekabr 2014-yil).
  6. „Nithin- Karunakaran's movie heroine is Mishti - Telugu Movie News - IndiaGlitz.com“.
  7. „Mishti and Miya join Prithviraj in Adam - Times of India“.
  8. „Archived copy“. 25-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
  9. „Masti for Mishti“.
  10. Hungama. „Mishti, Ankita Shorey to star in Great Grand Masti - Bollywood Hungama“ (17-iyun 2015-yil).
  11. „Exclusive: 'Kanchi' actress Mishti reveals how she bagged 'Begum Jaan' | Bollywood Bubble“ (en-US). Bollywood Bubble (23-aprel 2017-yil). Qaraldi: 16-iyun 2017-yil.
  12. „'Begum Jaan' Box Office collection Week 1 - Times of India“. The Times of India. Qaraldi: 16-iyun 2017-yil.
  13. „Mishti Chakraborty actress better known as 'Vicco Girl': Unseen Pics & Wallpapers“. boxofficecollection.in (17-sentabr 2015-yil).
  14. Jha. „Subhash Ghai's 'new discovery' is my heroine from Porichoi - Prosenjeet Chatterjee“. Bollywood Hungama. Qaraldi: 28-mart 2014-yil.
  15. quintdaily. „Adam Joan Review Rating – Live Audience Report – QuintDaily“ (1-sentabr 2017-yil).
  16. A. „శరభ తెలుగు మూవీ రివ్యూ అండ్ రేటింగ్“ (te). Filmibeat (23-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 17-fevral 2021-yil.
  17. „Mishti Chakraborty: I was initially hesitant to take up secondary characters“. Mumbai Mirror (17-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2018-yil.
  18. „Burra Katha starring Aadi and Mishti“. Mumbai Mirror (5-iyul 2019-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.

Havolalar tahrir