Misr gʻoʻzasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Misr gʻoʻzasi — uzun tolali peru gʻoʻzasi navlarining bir yillik ekologi k guruhi. Koʻp yillik peru gʻoʻzasi shakllari Amerika (Peru)dan Misrga (1818—20) keltirilgan va bu yerda Misrning mashhur ingichka tolali Ashmuni (1863—65), Afifi (1887), Yanovich va boshqa gʻoʻza navlarini yaratishga asos boʻlgan. 1928—29 yillarda Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda M.gʻ. navlari ekilishi natijasida Oʻrta Osiyo respublikalarining jan. hududlarida bu gʻoʻza navlaridan yuqori hosil olish imkoniyati borligi anik,landi. 1932—33 yil lardan boshlab yakka tanlash usuli bilan yaxshilangan Pima, keyinchalik Maarad navlari ekila boshladi. 1935-yilda, M.gʻ.ning Yanovich navidan yakka tanlash asosida Yoʻlatan seleksiya st-yasi (Turkmaniston)da Oʻrta Osiyoda birinchi 2IZ ingichka tolali gʻoʻza navi yaratildi va 1938-yildan Turkmaniston va Tojikistonda rayonlashtirildi. M.gʻ. yuqori hosildorligi, tezpisharligi, soʻruvchi zararkunandalar va zamburugʻli kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi. M.gʻ. tolasi nihoyatda qimmatbaho boʻlib, bitta koʻsak vazni 2,5— 4,0 g, shtapelmassa uz. 37–44 mm (qarang Ingichka tolali gʻuza).
Abdumavlon Abdullayev.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |