Mixail Ivanovich An (1952-yil 19-fevral, Toshkent viloyati[1], Oʻrta Chirchiq tumani – 1979-yil 11-avgust, Dnepr, Kurilovka qishlogʻi yaqini) – futbolchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1976). Respublika sport-internat bilim yurtini tamomlagach, „Paxtakor“ futbol jamoasi (1971—1979) tarkibida oʻynagan. Oliy va birinchi liga oʻyinlarida 52 toʻp kiritgan. 1974 va 1978-yillarda mamlakatning eng kuchli 33 futbolchisi roʻyxatidan joy olgan. U sardorlik qilgan mamlakat oʻsmirlar terma jamoasi Yevropa chempioni boʻlgan (1976). Milliy futbol terma jamoa tarkibida oʻynagan (1978). An aviatsiya halokati natijasida vafot etgan. Toshkent shahrida dafn etilgan. Toshkent shahridagi kuchalardan biri uning nomi bilan ataladi. Bolalar va oʻsmirlar futbol jamoalari oʻrtasida har yili An xotira turniri oʻtkaziladi.[2]

Mixail An
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 19-fevral 1952-yil
Tavallud joyi Oʻrta Chirchiq tumani,
Toshkent viloyati,
Oʻz SSR, USSR
Vafot sanasi 11-avgust 1979-yil(1979-08-11)
(26 yoshda)
Vafot joyi Dnepr,
Dnepr,
Ukraina SSR, USSR
Boʻyi 1,78 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Mukofotlari
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1968—1969 Politotdel
1970—1979 Paxtakor 233 (50)
Milliy terma jamoa
1978 USSR 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Millati boʻyicha koreys. U oʻzi tugʻilib oʻsgan „Sverdlov“ nomidagi kolxozda futbolga ilk qadamlarini N. A. Kim va A. S. Lyanlar murabbiyligi ostida qoʻydi. Uning futbolchi sifatida shakllanishida akasi Dmitriy Anning ham xizmatlari katta edi. Dmitriy esa oʻz vaqtida „Paxtakor“ futbol maktabida Birodar Abduraimov, Hamid Rahmatullaev kabi futbolimiz afsonalari bilan oʻqigandi. Shuningdek, katta An 60-yillarda SSSR Oliy divizionida toʻp surgan koreys millatiga mansub ilk futbolchi edi.[3]

Mixail An bolaligidanoq oʻzining alohida qobiliyatga egaligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Undagi eng muhim xususiyatlardan biri – bu maydonni koʻra olish va oʻyin tempini mohirona his qilish edi. „Misha“ yil sayin futbolchi sifatida oʻsib borayotgandi. Uning xarakteridan kelib chiqib aytish mumkinki, undan ajoyib murabbiy chiqardi – deya xotirlaydi, oʻzbek futboli faxriylaridan biri, FIFA professori, bolalikda u bilan bir klubda oʻynagan – Rustam Akramov.

Poliotdeldan boshlangan qadam tahrir

1968-yilda G.Titov nomidagi Toshkent sport profilli maktab-internatiga oʻqishga kirgan. Faoliyatini Toshkent viloyatining „Politotdel“ klubida oʻtkazgan.

Mixail Anning professional futbolga qoʻygan ilk qadamlari 1968-yilga toʻgʻri keladi. Oʻshanda u Toshkent viloyatining „Poliotdel“ jamoasiga qabul qilinadi.

Juda yaxshi tezlikka ega boʻlgan, oʻyinni tezda oʻqiy oladigan, jamoadoshlarini maydon markazida qulay paslar bilan taʼminlay oladigan yosh Anni 1969-yilgi mavsumdan boshlab jamoaning oʻsha vaqtlarda boshqargan Evgeniy Borisovich Valitskiy asosiy tarkibga jalb etadi. Biroq 17 yoshli futbolchi oʻsha yili birorta uchrashuvda maydonga tushirilmaydi. Faqat 1970-yil 12-iyul kuni mehmonda Chimkentning „Metallurg“ jamoasiga qarshi oʻtkazilgan uchrashuvda yosh Anga bahsni asosiy tarkibda boshlash imkoni beriladi. Biroq uchrashuvning 75-daqiqasida u oʻz oʻrnini oʻzidan biroz tajribaliroq boʻlgan Aleksandr Shelochkovga boʻshatib beradi. Taassufki, Mixail An dastlabki jamoasi tarkibida raqiblar darvozasini ishgʻol qila olmaydi.

Paxtakor tahrir

1971-yil chempionatning ikkinchi davrasidan boshlab „Paxtakor“da oʻynay boshlagan. An oʻzbek futbolining yangi avlodining yorqin namoyandalaridan biri deb atashgan. Uning oʻyinida yuqori harakatchanlik, yaxshi oʻyin fikrlash, sheriklar bilan oʻzaro tushunish, kuchli va aniq zarba qayd etilgan

SSSR chempionatining oliy ligasida u 138 ta oʻyin oʻtkazib, 30 ta gol urgan. 1974 va 1978-yillarda u SSSRda mavsumning eng yaxshi 33 nafar futbolchisi roʻyxatiga uchinchi oʻrinda kiritilgan. 1974-yilgi mavsumda u oliy ligada 11 gol muallifiga aylanib, chempionatning eng yaxshi 33 futbolchisi roʻyxatidan oʻrin olgan. Oʻsha yili „Qayrat“ darvozasiga kiritgan uch toʻpi muxlislar yodida qolgan. SHuningdek, 1975-yil „Dinamo“ Kievga qarshi ajoyib bahsda u dubl qayd etgan.

Mixail An butun faoliyati davomida „Paxtakor“ tarkibida 233 ta oʻyinda 50 marotaba raqiblar darvozasini ishgʻol qildi. Uning samarali uzatmalari boʻyicha statistikasini esa afsus, aniqlashning imkoni boʻlmadi.[4]

SSSR oliy ligasida —  138 ta uchrashuv, 30 ta gol urilgan;
SSSR birinchi ligasida —  95 ta oʻyin, 17 ta gol urilgan;
SSSR kubogida -  24 ta oʻyin, 5 ta gol urilgan.

Halqaro maydon tahrir

SSSR terma jamoasi sardori   - yoshlar jamoalari oʻrtasida Yevropa chempioni (1976). SSSR terma jamoasida 2 ta oʻyin oʻtkazgan. 1974-yil SSSR terma jamoasidan taklif olib, sentyabrda „Roma“ga qarshi oʻtgan oʻrtoqlik bahsida qatnashgan. 1978-yil esa Eron bilan Tehrondagi oʻrtoqlik oʻyini va Turkiyaga qarshi Yevropa chempionati saralash bellashuvlarida qatnashgan. 1979-yil ikkinchi terma jamoa tarkibida Meksika va AQSH termalari bilan toʻqnashuvlarda toʻp kiritgan. 1976-yil SSSR yoshlar terma jamoasi safida Yevropa chempioniga aylangan. Oʻsha jamoada u sardorlik vazifasini ham bajargan.

Terma jamoadagi oʻyinlari statistikasi:

1-oʻyin

1978-yil 6-sentyabr

Eron 0 : 1 SSSR Tehron

tomoshabinlari: 40 000

hakam: Xaynts Aldinger (Germaniya)

Hisobot Xidiyatullin 18'

SSSR: Yuriy Degterev, Anatoliy Konkov (Mixail An), Valeriy Gorbunov, Vasiliy Jupikov, Oleksandr Bubnov, Sergey Prixoda, Leonid Buryak, Vagiz Xidiyatullin, Volodimir Bessonov, Georgiy Yartsev (Valeriy Gazzaev, 55), O. Bloxin Murabbiy – Nikita Simonyan.


№ 2

1978-yil 20-sentyabr

SSSR 2:0 Gretsiya "Xrazdan" (Yerevan)

Tomoshabinlar: 40 000

Bosh hakam: Jon Karpenter (Irlandiya)

Hisobot

SSSR: Yuriy Degterev, Anatoliy Konkov, Aleksandr Berejniy, Vasiliy Jupikov, Aleksandr Bubnov, Sergey Prixoda, Leonid Buryak, Yuriy Chesnokov, Volodymyr Bezsonov, Vagiz Xidiyatullin (Mixayl An, Bloxin), 71. Murabbiy – Nikita Simonyan.

Avia halokat tahrir

27 yoshida u „Paxtakor“ jamoasi bilan birga Dnepr osmonida aviahalokatda vafot etdi. An jarohat olgan va Minskda „Dinamo“ bilan oʻynay olmadi, chunki „Paxtakor“ bilan uchgan oʻyinda jamoadoshlari Anni ular bilan birga uchishga koʻndirishdi. Toshkent yaqinidagi Ya. M. Sverdlov nomidagi kolxozda dafn etilgan.

"Shuhrat" medali bilan taqdirlangan (2006-yil, vafotidan keyin).[5]

Shaxsiy xayot tahrir

Oʻgʻil Dmitriy (1974-yilda tugʻilgan) – Mixail Anning oʻgʻli Dmitriy An „Paxtakor“ futbol akademiyasida murabbiylik qilib, boʻlajak futbolchilarga millionlar oʻyini sirlarini oʻrgatmoqda.[6]

U haqida 2016-yilda Koreyada[7] Maxsus hujjatli film ham ishlangan[8][9].

Faxriy yutuqlar tahrir

"Shuhrat" medali bilan taqdirlangan (2006-yil, vafotidan keyin).[5]

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Mixail An“ (2009-yil 29-mart). 2022-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „"Пахтакор" афсоналари: Михаил Ан“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  4. „Maydondagi professor yoxud Mixail An haqida“ (13-avgust, 2019). 13 avgust, 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  5. 5,0 5,1 „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni“ (2014-yil 1-fevral). 2017-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  6. „"Paxtakor-79"ni xotirlab: Mixail An“ (10 iyu 2019). 2022-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  7. „Koreyada Mixail An haqida hujjatli film ishlashdi“ (12 noy 2016). 2022-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  8. „An haqida hujjatli film“ (25 окт. 2016). 2022-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  9. „Destiny Deferred: The Mikhail An Story (2018)“ at IMDb

Havolalar tahrir