Abu Said maqbarasi, Meona bobo maqbarasi — Turkmanistondagi meʼmoriy yodgorlik (11-asr oʻrtalari). Ruhoniy Abu Sayd Mayxoniy (Meona bobo, 1049 yil v.e.) qabri ustida qurilgan. Murabba tarhli (10,30×10,50 m), qoʻsh gumbazli. Devorlariga gʻishtlar bezakli qilib terilgan. Bosh tarzi peshtoqli. 14-asrda taʼmir qilinib, peshtoki va gumbazi koshin bilan qoplangan, shiftiga girih ishlangan, ichki devorlari ganch bilan suvalib, islimiy naqsh bilan pardoz-langan. Devori yuqori tomon ensizlasha boradi. Poygumbazning tag qismi 12, yuqorisi 24 qirrali qilib gumbazga tu-tashtirilgan, bino tarzlariga ravoqlar ishlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Abu Said maqbarasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil