Mnemonika (yunoncha: μνημονικός "mnēmonikos" — eslab qolish sanʼati) — sunʼiy assotsiatsiyalar hosil qilish yoʻli bilan esda olib qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimi. Bu yunon mifologiyasidagi xotira ma'budasi nomi - Mnemosyne bilan bog'liq

Baʼzi mnemonistlar oʻzlashtirishda har xil sunʼiy usullarni qoʻllashga oʻrganganligi tufayli katta hajmdagi, hatto maʼnosiz materialni tez esda olib qolish qobiliyatiga erishadilar. Lekin xotira samaradorligini tub maʼnoda oshirish uchun sunʼiy usullardan foydalanish ikkinchi darajali hamda yordamchi boʻlib hisoblanadi. Umuman, mexanik ravishda yod olishga qaraganda maʼnosini tushunib yod olish maʼqul va samarali usuldir.[1]

O‘zbekistonda mnemonika tahrir

O‘zbekiston mnemosport federatsiyasi tashkil topgandan keyin uning prezidenti Davron Turdiyev va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2022-yilda Samarqand shahrida "Al Buxoriy" nomidagi xalqaro musobaqa tashkil etilgan.[2] Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 82 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun kurashgan .[3]

Manba tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Yurtimizda ilk marotaba Mnemonika bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilmoqda“ (20-noyabr, 2022-yil.). Qaraldi: 15-yanvar, 2024-yil..
  3. „Kuchli xotira egalari aniqlandi“ (18-dekabr, 2022-yil.). Qaraldi: 15-yanvar, 2024-yil..