Modarixon daxmasi
Modarixon dahmasi - Qo'qon shahrida joylshgan tarixiy obida. Bu yerda Qo'qon xonligi malikalari dafn etilgan. Qo'qon xonligi davrida XIX asrning birinchi yarmida qurilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Qo’qon davlat muzey-qo’riqxonasi tarkibidagi filiallardan biri hisoblanadi.
Madrasa | |
Modarixon daxmasi
| |
Fayl:Modarixon daxmasi.png | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Fargʻona viloyati |
Shahar | Qoʻqon |
Manzil | Nonvoylik guzar MFY,
Katta qabriston ko’chasi. |
Mulkdor | Davlat mulki. Fargʻona viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. 2019-yildan beri Qoʻqon davlat muzey qoʻriqxonasiga tarkibodagi filliallardan biri |
IDB, muhtasib | O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi 4068-qarori |
Meʼmoriy uslub | Qoʻqon xonligi meʼmorchiligi |
Binokor | Dahma |
Binokorlik tashabbuschisi | Nodirabegim |
Homiylar | Amir Umarxon |
Binokorlik | {{{Qurila boshladi}}}—1825 |
Asosiy sana: 1825 (Hijriy 1241)
| |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | Qoʻqon davlat muzey qoʻriqxonasi filliali |
Gumbazlar soni | 1 |
Qurilish materiali | Pishiq g'isht |
Faoliyati Tahrirlash
Qo’qon davlat muzey-qo’riqxonasi tarkibidagi filiall sifatida faoliyat yuritib keladi.
Rasmlari Tahrirlash
Tarixi va meʼmoriy yechimi Tahrirlash
Muhammad Yahyoxon Xoʻqandiyning "Xo'qand Manoqibi" asarida quyidagicha maʼlumot berilgan:
"Dahmai Modari xon. Qabristondagi yana bir yodgor “Modari xon” daxmasidir. Tarixdan ma’lumki, bir xonala mansub erkaklar va ayollar bitta xilxonaga qo‘yilmagan: erkak uchun alohida, ayollar uchun alohida xilxonalar qurilgan. Qo‘qon xonlari – Ming sulolasiga mansub ayollar ham alohida daxmalardan joy olganlar. Norbo‘taxongacha davr surgan xonlar hamda Hojibek avlodlarining erkaklari, yuqorida eslatib o'tilgan, Qadamjoy qabristonidagi "Dahmai Oliy”ga qo‘yilgan, ayollar esa mazkur daxma yaqinidagi Xilxonaga qo‘yib kelinar edi."
Keyingi parchada ham mavzu davomini o'qish mumkin:
"Biroq Amir Umarxon bu niyatlariga yetolmay, o‘zlari ham ota-onalari yotgan saltanatga ravona bo‘ldilar. Har ikki daxmani Mohlaroyim adog‘iga yetkazdilar. Ammo imoratlarning tamal toshi Umarxon davrlarida qo‘yilgan. Tamal toshini mashhur me’morlardan Usta Hasanboy gilkor va Usta O‘tanboy Oqyeriy qo‘yganlar. Ko‘p o‘tmay Hasanboy gilkor vafot etgach, qurilish ishini Usta O‘tanboy Oqyeriy o‘zlari davom ettirib, nihoyasiga yetkazganlar."
Qurilish ishlari to‘xtab-to‘xtab bir necha yil davom etdi.
Meʼmorlarning aytishlari bo‘yicha, qurilish ishi qancha uzoq davom etsa, imorat umri ham shu darajada uzun bo‘lar ekan. Dahmadan topilgan yodgorlik toshga daxma qurilishiga bag‘ishlangan taʼrix bitilgan:
Ba tarixi binoyash az sari jannat nido omad,
Nishoni xoki-poki zubdai azvoji sultoniy.
Mazmuni: bino qurilishi ta’rixiga jannat boshidan "Sultonlik zavjalarining sarasi xoki-pokining nishoni", degan nido keldi.
Yuqoridagi baytda taʼrix moddasi "Nishoni xoki-poki zubdai azvoji sultoniy” bo‘lib, undagi harflarning son qiymati hijriy 1241 yilga to‘g‘ri keladi. Buni milodiy hisobga aylantirsak, 1825 yil kelib chiqadi. Dahmai Modari xon hazirasi kattagina inshoot bo‘lib, darvozaxona, gӯrxona (hazira), xonaqoh, chillaxona va oshxona kabi qismlardan iborat edi. Xonaqohda namoz o‘qilib, Qur’oni karim tilovat qilib turilgan. Musofir qalandarlar ham vaqtincha shu xonaqohda istiqomat qilib turishgan. Chillaxonada tasavvuf ta’limini nihosiga yetkazgan soliklar chilla o‘tirganlar. Oshxona qismida esa Mohlaroyim Tomonlaridan issiq taom tayyorlanib, qalandarlar, yetim-yesirlar, beva-bechoralarga tarqatilgan.
XX asrning o‘ttizinchi yillarida daxma inshootining kattagina qismi “eskilik sarqiti", "feodallarning mulki" sifatida buzilib, sag‘analar yer bilan tekislab yuborilgan.
Olimlarning aralashuvi bilangina darvozaxona qismi arang saqlab qolingan.
darvozaxona peshtoqi (Old tomoni) shimol tomonga qaratib ilgan. Peshtoq nihoyatda go‘zal bo‘lib, nafis koshinlar bilan bezatilgan. Peshtoqning o‘ng tomonidagi olti qirrali koi shunday yozuv bitilgan: "Amali mullo O'tanbeki koshinsozi . Sana 1241", "Oq yerlik mulla O'tanbek koshinsoz ishi, 1241 yil". Peshtoqning ikki tomonidagi minorasimon guldastalar u saqlanib qolgan. O‘ng tomondagi guldasta ichida tomga chiqadigan burama zina bor. Darvozaxonaning ichki qismi ganch o‘ymakorligi uslubida bezatilgan edi. Gumbaz taqiya shaklida ishlangan bo‘lib, ichki naqshlari kishini xayolot olami sari boshlaydi. Unga
nazari tushgan odam o‘zini koinotning eng dolg‘ali joylarida suzib yurgandek his etadi. Gumbazning pastki gardishidan o‘yiq
chiziqlar bir-biridan 20-25 sm chamasi masofada chapga buralib, markazga qarab intiladilar. (475-479-betlar).
Manbalar Tahrirlash
*Muhammad Yahyoxon Xoʻqandiyning "Xo'qand Manoqibi" asari