Moki — 1) tikuv mashinasi asosiy qismlardan biri — maxsus moslama. Chok tikilayotgan paytda tikuv mashinasi ignasi hosil qiladigan ustki ip izmasiga pastki ipni oʻtkazib beradi; 2) toʻquv dastgohitsa tanda iplari orasidan arqoq iplarini olib oʻtadigan moslama. M. ichida arqoqipi oʻralgan naycha boʻladi. M. homuza (arqoq ipi bilan tanda ipi orasida hosil qilinadigan koʻz) ichida erkin yoki majburiy harakat qilib, bir qutidan ikkinchisiga oʻtadi. M. harakati davomida arqoqipi naychadan boʻshalib xrmuzaga tashlanadi. Naychadagi arqoq ipi bir marta (koʻp homuzali dastgohdar uchun) yoki koʻp marta tashlab oʻtishga yetarli boʻlishi kerak. Qad. toʻquv dastgohlarida M.ni homuza tirqishidan toʻquvchi qoʻlda olib oʻtkazardi. Hozirgi avtomatik toʻquv dastgohdarida zarb mexanizmlari yordamida M. oʻz-oʻzidan borib keladi (qarang Toʻquvchilik).

Ilgari M. yogʻoch (palma, shamshod, oʻrik va boshqalar), hayvon shohidan yasalgan, hozir, asosan, temir va poʻlatdan yasaladi. M.larning oʻrtasi toʻrtburchak shaklida oʻyilib, ikki yonida teshik (koʻz) qilinadi (naychadagi ip uchi shu teshikdan oʻtkaziladi). M. koʻzi, odatda, chinnidan qilinadi. Yogʻoch M.ning ikki uchi oʻtkirlanib, metall uchlik kiydiriladi.

Qanday toʻquv dastgohlarida ishlatilishiga karab, M.lar avtomat dastgoh M.si (ichidagi uzunchoq boʻshliqqa ipli naycha joylashadi), mexanik dastgoh. M.si (oʻrtasida ipli naycha oʻrnatish uchun metall sterjen boʻladi), movut toʻqishda ishlatiladigan M. va boshqa xillarga boʻlinadi (rasmga k,.). Mexanik dastgohlarda M. ichidagi naycha arqoq ipi tugasa, boʻsh naychani toʻliq naychaga almashtirish uchun dastgoh, toʻxtatiladi, avtomat dastgohlarida esa bu ish ular ishlab turgan paytda avtomatik tarzda bajariladi.

Adabiyot tahrir

  • Olimboyev E. vab., Toʻquvchilik tex-nologiyasi va toʻquv stanoklari, T., 1987.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil