Molbert (nem. Malbrett soʻzidan) — rassomlik sanʼatida qoʻllaniladigan dastgoh. Rassom asar ishlash jarayonida kartina, rayem va h.k.ni oʻrnatadigan moslama, taglik; odatda, yogʻochdan tayyorlanadi. Uch oyokdi va vertikal tik ustunlari gorizontal asosga mustahkamlangan turlari bor. Koʻproq M.ning oddiy, yengil va ixcham shakllaridan foydalaniladi; rassomlik ustaxonalarida, shuningdek, yirik asarlarni ishlash uchun turli balandlik, zarur burchaklarga qiya qilib ishlash imkonini beradigan, bir vaqtning oʻzida ikkita polotno oʻrnatish mumkin boʻlgan ogʻir, koʻchmas, metall, zamonaviy (plastik) xom ashyolardan tayyorlangan M.lardan foydalaniladi. Ogʻir boʻlishiga qaramay ish jarayonida baʼzi moslamalar (mas, gʻildirak) tufayli uni siljitish yengil va kulay. M. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi ustaxonalarida, qisman, "Fayz Xolding" kompaniyasida ishlab chikariladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil