Moviy kit (shuningdek, “Sokin uy”, “Meni 4:20da uygʻot” ,“Kitlar dengizi”, “Somon yoʻli”, “U19”, “F57” va boshqa nomlar bilan tanilgan) - bu bolalar oʻynaydigan internet tarmoqlarida tarqalgan maʼlum bir oʻyin mavjudligi haqidagi rus shahar afsonasi va uning yakuniy maqsadi joniga qasd qilish boʻlgan. Bunday oʻyinning internet tarmoqlarida keng tarqalishi va mavjudligi haqidagi maʼlumot 2016-yil 16-mayda “Yangi gazeta” da nashr etilgan Galina Mursaliyeva[1], ommaviy axborot vositalari tomonidan keng tarqalgan va Rossiya aholisi orasida maʼnaviy vahima qoʻzgʻatgan. Ushbu oʻyinning haqiqatda mavjud boʻlgani haqida aniq fakt hali hamon yoq.

“Новой газеты” xabar qilishiga koʻra, “oʻyin”ni boshlash uchun ijtimoiy internet tarmogʻiga foydalanuvchilari (asosan oʻsmirlar) #bluekit, #yavigre, #blue, #quiethome va boshqa xeshteglarini joylashtiradilar. Undan keyin ular bilan “kurator” nomli shaxs aloqa oʻrnatadi. Qoidaga asosan, “kuratorlar” nomli shaxs boshqa tarmoq faydalanuvchilarning ism va familiyasiga soxta akkauntlardan foydalanadi, bu esa ularni aniqlashtirish qiyin boʻlardi. Kurator birinchi boʻlib qoidalarni tushuntiradi: “bu oʻyin haqida hech kimga aytmaslik”, “vazifalarni har doim bajarish shart, nima boʻlishidan qatʼiy nazar”, “topshiriq bajarilmasa uni oʻyindan abadiy chetlashtiriladi va yomon oqibatlarga duch kelasan”, degan, shartlardan keyin “kurator” topshiriqlar berishni boshlaydi. Odatda 50 ga yaqin vazifa mavjud: kuniga bitta vazifa. “Oʻlim guruhlari” maqola muallifi, jurnalist Mursaliyevaning fikricha, bu Steys Kramerning (haqiqiy ismi Anastasiya Xolova) “Oʻz joniga qasd qilishimdan 50 kun oldin”[2] romaniga asoslanadi.

“Oʻyinlar” nomining kelib chiqishiTahrirlash

Kit obrazi, Lumen guruhining “Гореть” qoʻshigʻidan olingan va yolgʻizlik va begonalikni anglatadi. Ismning etimologiyasi ham kitsimonlarning ommaviy qirgʻoqqa chiqishi kabi hodisa bilan bogʻliq. Kit muammoga duch kelganida, vahima tovushini chiqarad, uni eshitgan qarindoshlari yordamga shoshilishadi. Ularning omon qolish strategiyasi ochiq okeanda juda yaxshi ishlaydi, ammo sayoz suvda emas, chunki shikastlangan kit boshqa kitlarni oʻziga jalb qilib, hayvonlarning ommaviy oʻlimiga sabab boʻladi[3]. Shunga oʻxshash tamoyilni “Moviy kit” oʻyiniga bogʻliq boʻlishi mumkin: qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oʻsmirlar buni ijtimoiy internet tarmoqlariga oʻyinda qabul qilingan xeshteglarni nashr qilish orqali bildiradilar, ammo ular qutqarilish oʻrniga hammasi oʻlishi mumkin.

Moviy kit kelib chiqish haqida koplab fenomen va versiyalar mavjud. Masalan, jurnalist Vladimir Todorovning oʻylashi boʻyicha, “Rossiyada hech qachon oʻsmirlarni oʻz joniga qasd qilishga undaydigan mashʼum sekta boʻlmagan”: oʻsmirlar oʻzlarining taxminiy qurbonlariga anonim kuratorlar sifatida harakat qilishadi[4].

Oʻyinning keng tarqalishi va u haqidagi fikrlarTahrirlash

“Oʻlim guruhlari” haqidagi hikoya 2016-yil 16-mayda “Novaya gazeta ”da “Oʻlim guruhlari” maqolasi nashr etilgandan keyin maʼlum boʻldi. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, 2015-yildan 2016-yilning boshigacha oʻyinda ishtirok etgan 130 ga yaqin bola halok boʻlgan, ammo bu maʼlumot manbalari nomaʼlum[5]. Oʻyinning mashhurligi 2017-yilning fevral oyida eng yuqori choʻqqisiga chiqdi, oʻshanda 800 dan ortiq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari #bluekit xeshtegini joylashtirib, koʻrsatmalarni kutishgan. Prokuratura maʼlumotlariga koʻra, Irkutsk viloyatining Ust-Ilimsk shahrida oʻyinda ishtirok etgan ikki nafar oʻquvchi qiz oʻz joniga qasd qilgan[6].

"Yangi gazeta” jurnalistlari hamda boshqa nashrlar jurnalistlari ham oʻz maqolalarida hech qayrda oʻyin qurbonlari soni haqida aniq maʼlumot bermagan. Shuningdek, huquq-tartibot idoralari tomonidan qurbonlarning soni tasdiqlanmagan. Bundan tashqari, oʻlim guruhlari ishi boʻyicha sudlanuvchilar – Filipp Budeikin, “Filip Lis” taxallusi ostida yashiringan va uning sheriklari ham – aniq odamlarni oʻz joniga qasd qilish uchun emas, balki oʻz joniga qasd qilish boʻyicha audivizual asarlar, muhokama mavzulari va targʻib qiluvchi bayonotlarni joylashtirganlik uchun ayblangan.

Bir qator tadqiqotchilarning fikricha, “Koʻk kit”ning mashhurligi oʻzini poyezd ostiga tashlashdan oldin selfiga tushgan maktab oʻquvchisi Rina Palenkova nomi bilan mashhur Renata Kambolinaning oʻlimi va “koʻtarilish” istagi bilan bogʻliq. Rinaning mashhurligi toʻlqinida odamni oʻyin orqali oʻz joniga qasd qilish mumkin degan fikr paydo boʻldi. Bu gʻoya oʻz joniga qasd qilishga qarshi guruhlarga aʼzo boʻlgan koʻplab foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinganidan keyin yanada keng tarqaldi[7].

Antropolog va RANEPA Ijtimoiy fanlar institutining “Aktiv folklor monitoringi” tadqiqot guruhi mutaxassisi Mariya Volkovaning soʻzlariga sozlariga koʻra, “Moviy kit” – bu “Kelaklar malikasi” kabi zamonaviy bolalar orasida tarqalgan dahshatli hikoya. U “oʻz joniga qasd qiluvchi” jamoalarga obuna boʻlib oʻyin ishtirokchilari bilan muloqotda boʻlgan - ularning aksariyati ommaviy axborot vositalarida nashr etilganidan soʻng “Koʻk kit”ga qiziqib qolgan va uning mohiyati nimaligini tushunishga harakat qiladi. Kurator nomli shaxs koʻplab guruhlarda oʻsmirlar boʻlib chiqdi. Volkovaning oʻylashicha, kattalar madaniyati ham mifologik xususiyatga ega – kattalar aks holda yomon hodisa yuz berishi mumkinligini oʻylab, “Koʻk kit” haqidagi afsonani qayta kottargan. Moskva Psixiatriya ilmiy-tadqiqot institutining o'z joniga qasd qilish bo'limi boshlig'i, professor Evgeniy Lyubovning aytishi boyicha, “oʻlim guruhlari ” bu “oʻzaro tushunishga muhtoj va baxtsiz bolalarning patologik jamoalari”. Shuningdek, Loboy oʻz joniga qasd qilish yoki aqldan ozish bilan “yuqtirish” mumkin emasligini taʼkidlaydi, ammo ommaviy axborot vositalari, vahimani kattalashtirib, oʻz joniga qasd qilish yoʻli “ostasida” turgan oʻsmirlarga bildirmoqdalar[8].

Ota-onalar oʻrtasida maʼnaviy vahima paydo boʻlishining birinchi sababi bolalar va yoshlarning Internetga bogʻlanib qolganligi va tabiatining oʻzgarishi edi. 8 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning 58 foizi oʻzlarining baʼzi onlayn faoliyatlarini ota-onalaridan yashiradilar va buning uchun shunday harakatlar qiladilar: uyda ota-onalar yoʻqligida Internetdan foydalanish (18%), qurilmaga parol qoʻyish (16%), brauzerda koʻrish tarixini oʻchirib tashlash (10%). Bundan tashqari, bolalarning 22 foizi anonim ism orqali internetga kirish imkonini beruvchi qurilmalar, 14 foizi ular ishlatadigan ilovalarni yashirishga yordam beruvchi maxsus dasturlardan foydalanadi. Shunday harakatlarni sezgan ota-onalarning tashvishlarining kuchayishi: ularning bolalari erta yoshdan boshlab, ota-onalar qoidalari va tilini tushunmaydigan bir nechta onlayn tamoqlardan doimiy va deyarli nazoratsiz muloqot qilish imkoniyatiga ega. RANEPA ekspertlarining soʻzlariga koʻra, “Internetga shoʻngʻigan oʻsmirlarga qaraganda kamroq biladigan kattalar uni tushunarsiz va xavfli haqiqat sifatida koʻrishadi”[7].

Rossiya Fanlar akademiyasi Etnologiya va antropologiya institutining yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Dmitriy Gromovning soʻzlariga koʻra, bolalar oʻz joniga qasd qilish muammosi doimo mavjud boʻlgan[9]. 2008-yilda oʻsmirlar oʻz joniga qasd qilish holatlari keskin koʻpayganida, Davlat Dumasi deputatlari bu oʻsishga Goth va Emo submadaniyatlari sabab boʻlganligini taʼkidladilar. Gromovning taʼkidlashicha, sababni afsonaviy submadaniyatlar va jamoalardan izlash emas, balki ota-onalar va oʻqituvchilar bolalar bilan koʻproq muloqot qilishlari va ularga koʻproq eʼtibor berishlari kerak[10].

“Koʻk kit” oʻyini haqidagi yangiliklar xorijda ham paydo boʻldi. Qozogʻistonda huquq-tartibot idoralari bolalarni ushbu oʻyinga jalb qilish boʻyicha 63 ta holat kuzatilgan[11]. Qirgʻiziston ommaviy axborot vositalari oʻyin oʻsha yerda paydo boʻlganini haqida taʼkidladi. Baʼzi “kuratorlar” nomli shaxs mahalliy oʻsmirlar bilan aloqa oʻrnatishga urinishlari haqida Polsha, Bolgariya va Latviya ommaviy axborot vositalari xabar berishdi. Oʻyinning mashhurligi va uning qoidalari ingliz va amerika gazetalarida ham chop etilgan va bu mavzu boʻyicha ingliz tilidagi soʻrovlar soni 2017-yil fevral oyida yuzlab martaga oshdi[12]. Ommaviy isteriya Rossiya Federatsiyasida muhokamadan tashqariga chiqdi, “oʻyin” deb ataladigan narsa Ispaniya, Buyuk Britaniya va boshqa koʻplab mamlakatlarda mashhur boʻldi[13][14]. Shuningdek, boshqa mamlakatlardan kelgan oʻsmirlarning ishtirok etishgan haqida maʼlumot yoʻq – ehtimol, mahalliy ommaviy axborot vositalari va huquq-tartibot idoralari oʻyinning konteksti va haqiqiy vaziyatni tushunmagan holda, Rossiyada keng tarqalgan maʼnaviy vahimaga berilishdi.

Axloqiy vahima matnlari anʼanaviy modelga asoslanib, bunda hujum obyekti (qurbon) bola yoki oʻsmir – toʻliq huquqqa layoqatga ega boʻlmagan, oʻz ovoziga ega boʻlmagan, himoyasiz shaxsdir. Bu sxemada oʻsmirning subyektivligi, vaziyatni tushunmaslik, oʻz xatti-harakatlari strategiyasini shakllantirolmaslik boʻladi. Oʻsmirlar manipulyatsiya va gipnozga duchor boʻlganligi koʻplab matnlar shunga asoslangan[7].

Oʻz joniga qasd qilish xeshteglaridan foydalanadigan internet foydalanuvchilarning katta qismi haqiqatda “delfinlar” yoki “antikitlar” boʻlib chiqadi – shaxsiy xabarlar orqali potentsial oʻyinchilarni ehtimoliy oʻz joniga qasd qilishdan qaytarishga harakat qiladigan boshqa foydalanuvchilardir. Shuningdek, oʻyinchilarning taʼsirli qismi Internet trollari boʻlib, ular qarama-qarshiliklar boʻyicha “kuratorlar”ni ushlaydilar va ularga boshqacha savollar beradilar.

Psixologiya fanlari nomzodi Nikolay Molchanov oʻzining “Moviy kit va pichoqli konfetlar” maqolasida. Urban Legends oʻzini “Qanday shahar afsonasi yashab, tarqaladi” asarida oʻyin “yopishqoqligi” tufayli tez tarqalib ketganini ta’kidlaydi. “Yopishqoq” shartli ravishda tez esda qoladigan va odamlar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolgan voqea. Ular oltita xususiyatga ega boʻlishi kerak va Moviy kit va shunga oʻxshash hodisalarga ega:

“Moviy kit” Ukrainaning “Birinchi qaldirgʻochlar” serialidagi oʻyinga asoslanib prototipiga aylandi. Instagram xeshteglar bilan bogʻliq rasmlar va havolalarni oʻchirib kelmoqda, Vkontakte esa shikoyatlar boʻyicha alohida shaklni ishlab chiqdi va bunday foydalanuvchilarni bloklashni boshladi.

VKontakte tarmogʻidagi Moviy kit va tulki stiker oʻrtasidagi bogʻliqlik haqida ommaviy vahimaTahrirlash

2017-yil 28-aprelda Fox hamjamiyati VKontakte ijtimoiy tarmogʻida paydo boʻlgan, oʻzining bir xil nomdagi stikerlar toʻplamini yaratdi (his-tuygʻularingizni ifodalash usuli) va turli xil postlarni qoyib joylashtirish bilan bogʻliq baʼzi vazifalarni bajarish sharti bilan ularni bepul tarqatdi. “Hikoyalar” (bir kundan keyin yoʻqolib ketadigan fotosuratlar yoki videolar)[15]. Runet tarmogʻida “Tulki” vazifalari va “Moviy kit” oʻyini oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik bormi yoki yoʻqmi, faol muhokama[16] qilindi. Qoʻllab-quvvatlovchilar “tulki” va “kit” ning leksik oʻxshashligini va “Moviy kit” jinoiy ishida ishtirok etgan Filipp Budeikinning taxallusiga murojaat qilishdi: “Filip Lis”[17]. Koʻplab soxta yangiliklar Internetni toʻldirdi: goʼyoki Lis hamjamiyatining chatbotining soʻnggi vazifalari oʻz joniga qasd qilishga chaqirdi[18], ammo bunday yangiliklar Lisning haqiqiy vazifalariga hech qanday aloqasi yoʻq edi[19].

Oʻsmirlarning buzgʻunchi jamoalarga qoʻshilib qolishiga qarshi kurashTahrirlash

Ommaviy axborot vositalariga soʻzlariga koʻra “Moviy kit” hech qachon mavjud boʻlmagan boʻlsa-da, oʻsmirlar odatda ular uchun zararli yoki hatto xavfli boʻlgan jamoalar yoki tashabbuslarga qoʻshilish xavfi ostida. Buzgʻunchi jamoalarning yanada tarqalishining oldini olish uchun psixologlar ijtimoiy tarmoqlardagi “oʻlim guruhlari” atrofidagi vaziyatga eʼtibor bermaslikni, balki bolalarga quyidagi guruhlarga kirish ehtimoli va qidiruv paytida ularning xavfi haqida aytib berishni maslahat berishadi. Internetda, ularning Interneti – sahifani notanish shaxslar koʻrmasligi kerakligini tushuntiring, unda jamoat mulki (telefon, uy manzili, oʻqish joyi) shaxsiy maʼlumotlarning boʻlmasligi kerak; bolalar bilan nafaqat ularning maktabdagi muvaffaqiyatlarini, balki haqiqiy hayotda va ijtimoiy tarmoqlarda qanday doʻstlari borligini doimiy ravishda koʻz ostiga olish, oilada bola his qilishi kerak boʻlgan ishonch va sevgi muhitini yaratish kerak. Bolaga ota-onalar bolaning salohiyatiga ishonishlarini va uni har doim qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirish kerak[20][21][22].

Buzgʻunchi jamoalarga qoʻshilib qolish xavfi ularning hayotida kattalar boʻlmagan bolalar va oʻsmirlardir. Ota-onalar bolalar bilan muloyimlik bilan aloqa oʻrnatishlari, ularning hayoti bilan muloyim va samimiy qiziqishlari hamda ular uchun nafaqat ota-onalar, balki doʻstlar ham boʻlishlari kerak. Bolalarga oʻz his-tuygʻularini koʻrsatish, rejalar va gʻoyalarni baham koʻrish, ularni tinglash va ular bilan ishonchni mustahkamlash imkoniyatini berish kerak. Shunda bolalarda tashqaridan yordam izlash, shubhali “yaxshi niyatlilar” bilan aloqa oʻrnatish va “yomon” kompaniyalarga aʼzo boʻlish istagi qolmaydi. Undan tashqari, bolalarga oʻlim haqida, hayotning qadr-qimmati, oilada va jamiyatda oʻzlarining muhim oʻrni haqida gapirishga arziydi. Birgalikda bu oilada sogʻlom muhitni yaratadi va bolalarning shubhali tashabbuslarga jalb qilinishining oldini oladi va sogʻlom qadriyatlar tizimi, shartli “ichki yadro” turli internet manbalardan keladigan maʼlumotlarga tanqidiy munosabatni yaratadi[23].

Ommaviy madaniyatdaTahrirlash

Oʻyinga asoslanib, Janubiy Koreyaning “Розыск[en] (Qidiruv)” filmi yaratildi unda mashhur rejisor Kvak Jeong suratga oldi u film 2020-yilda chiqdi.

QarangTahrirlash

  • Oʻz joniga qasd qilish fikri
  • Bolalar haqida oʻylang
  • Oʻlim guruhlari boʻyicha qonun
  • Axloqiy vahima
  • Momo (chaqiriq)

ManbalarTahrirlash

  1. Мурсалиева Галина. „Группы смерти (18+)“. Новая газета (16-may 2016-yil).
  2. Алгави Л. О., Кадырова Ш. Н., Расторгуева Н. Е. (2017). «Синий кит»: пять аспектов новостного нарратива. литературоведение, журналистика. 22 (Вестник РУДН nashri). pp. 660—668. https://cyberleninka.ru/article/n/siniy-kit-pyat-aspektov-novostnogo-narrativa. 
  3. van Helden, Anton. „Тайна массового выброса китов на берег раскрыта (расшифровка радиограммы)“ (en). Слово Сегодня. Австралийская вещательная корпорация. (26 ноября 2003 г.).
  4. Тодоров В. „Запуганные предки“. Lenta.ru (7-mart 2017-yil). Qaraldi: 13-may 2020-yil.
  5. Турсынбеков А. „Смертельная игра «Синий кит» — большое надувательство“. kazday.kz (7-fevral 2017-yil). 20-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-may 2020-yil.
  6. Чичигина А. „Сибирячка после самоубийства 12-летней дочери спасает от «синих китов» чужих детей“. irk.kp.ru (10-mart 2017-yil). Qaraldi: 13-may 2020-yil.
  7. 7,0 7,1 7,2 Исследовательская группа «Мониторинг актуального фольклора». «Группы смерти» — от игры к моральной панике. РАНХиГС (2017 год) [Типография РАНХиГС]
  8. Берг Е. „Кто такой Филипп Лис и какое отношение он имеет к синим китам из «ВКонтакте»“. Meduza (3-mart 2017-yil). Qaraldi: 13-may 2020-yil.
  9. „«Привет, это игра «Синий кит»: как распознать подростковую депрессию“. vesti.ru (2-mart 2017-yil). 22-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-may 2020-yil.
  10. „Иное мнение: «группы смерти» — искусственно созданная «страшилка»“ (ru). mgazeta.com. Qaraldi: 29-aprel 2017-yil.
  11. Министр внутренних дел Казахстана высказался об играх в «Синего кита» Tengrinews.kz (29 апреля 2017 года)
  12. Кочегаров П., Раскин А., Зарипова М. „"Группы смерти" отправились в турне. "Синий кит" уже в Европе“. Life (3-mart 2017-yil). Qaraldi: 29-aprel 2020-yil.
  13. „Llega a España 'la ballena azul', el siniestro juego que conduce a jóvenes al suicidio - RT“ (es). RT en Español. Qaraldi: 8-may 2017-yil.
  14. „Un chico sanjuanino es la primera víctima de la "Ballena Azul" en la Argentina - TN.com.ar“ (es). Todo Noticias. Qaraldi: 8-may 2017-yil.
  15. Чумаков, Николай. „«Ну и как стикеры получить-то?»“ (ru). TJournal (30-aprel 2017-yil). Qaraldi: 8-may 2017-yil.
  16. „Пользователи "ВКонтакте" сравнили стикеры "Лис" со смертельной игрой "Синий кит"“ (ru). yodda.ru. Qaraldi: 30-may 2017-yil.
  17. „Какая связь между бесплатными лис стикерами вконтакте и игрой синий кит?“. otvet.ya.guru. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  18. „УЖАСНЫЕ СТИКЕРЫ ЛИС! РЕАЛЬНАЯ ПЕРЕПИСКА! СИНИЙ КИТ ПРЯЧЕТСЯ ЗА СТИКЕРАМИ ЛИС ВКО...“ (ru). Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  19. Ольга Соловей. „Ложная тревога: Рыжий Лис не призывает к самоубийствам“ (ru). komi.kp.ru (12-may 2017-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  20. „"Синій кит" - гра, яка вбиває підлітків“. Вісті. Qaraldi: 19-may 2017-yil.
  21. „СМЕРТЕЛЬНА ГРА ІЗ "СИНІМИ КИТАМИ". ПСИХОЛОГИ РОЗПОВІЛИ, КОМУ ПОТРІБНІ ДИТЯЧІ САМОГУБСТВА“. ТСН. Qaraldi: 19-may 2017-yil.
  22. „Групи смерті та Сині кити. Як в соцмережах з дітей роблять самогубців“. ЕСПРЕСО.ТВ. Qaraldi: 19-may 2017-yil.
  23. „Кому понадобилось пугать белорусов игрой «Беги или умри»?“. Сильные Новости. Qaraldi: 19-may 2017-yil.

Manba xatosi: <ref> tag with name "Meduza" defined in <references> group "" has no content.

HavolalarTahrirlash