Moviy masjid — XVIII asr Armanistonning Yerevan shahridagi fors shia masjidi. Uni qurish vazifasi Eron Erivan xonligi xoni Husayn Alixon tomonidan topshirilgan. Bu Yerevan markazidagi eng qadimgi ishootlaridan biri va shaharning Eron davridagi eng muhim tuzilmasidir. Bu masjid XIX asrda Yerevandagi sakkizta masjidning eng kattasi hisoblanar edi va bugungi kunda Armanistondagi yagona qadimiy masjiddir.

Yerevan moviy masjidi
Koordinatalari 40°10′41″N 44°30′20″E / 40.1781°N 44.5056°E / 40.1781; 44.5056
Joylashuv Mashtots Avenue, Yerevan
Turi masjid
Qurila boshlagan 1765-yil
Qurilish tamomlangan 1766-yil
Xarita

Masjid 1920-yillarda oʻz vazifasini yakunlaydi va 50 yildan ortiq vaqt davomida Yerevan tarixi muzeyi sifatida foydalanilgan. Armaniston mustaqillikka erishgach, masjid Eron hukumati koʻmagida taʼmirlandi va yana Armanistonda istiqomat qiluvchi musulmonlarga xizmat koʻrsatuvchi masjid sifatida ish boshlagan.

Nomlanishi

tahrir

HFB Lynch va Luidji Villari kabi rus, gʻarbiy yevropadan tashrif buyuruvchilar masjidni Gok Jomi (Gok Djami, turkcha: Gök Cami) deb atashgan[1][2][3], bu turkchadan tarjimada „ koʻk osmon masjidi“ degan maʼnoni anglatadi. U arman tilida Կապույտ մզկիթ, Kapuyt mzkit' „Ko‘k masjid“ nomi bilan tanilgan, garchi baʼzan Գյոյ մզկթ, Gyoy mzkit՛ ham ishlatiladi. Fors tilida " Masjid-i Juma „ yoki “Jomi-i Shahr " nomi bilan mashhur[3].

Tarixi

tahrir
Muslims in Yerevan
Year
%
1830[4]
64%
1897[5]
43%
1926[6]
7.8%
 
Yerevandagi Moviy masjid, hovlidagi namozxonaning koʻrinishi (F. Sarre surati, 1897 yil)
 
Moviy masjid, Panos Terlemezyan, 1917-yil

Dastlabki tarixi

tahrir

Masjid 1765-1766 (hijriy 1179)yillarda Forsning Afsharidlar sulolasi davridagi Erivan xonligi hukmdori Husayn (Husayn) Alixon tomonidan[3], masjid shahar aholisining asosan juma kuni foydalanishi uchun qurilgan. Masjid Rossiya boshqaruvi ostida 1887—1888 (hijriy 1305) yillar atrofida koshinlar bilan toʻla taʼmirlandi. Masjid 1907—1910-yillarda yana qayta rekonstruksiya qilingan.

Masjid 1827-yilda ruslar tomonidan bosib olinganida Yerevanda faoliyat koʻrsatgan sakkiz masjidning eng kattasi edi[1].

1890-yillarda Erivanga tashrif buyurgan HFB Linch shunday deb yozgan edi: „Masjid meʼmorchiligida juda ajoyib narsa yoʻq, lekin saroyning shimoliy tomonidagi kichikroq binoning shiftini bezab turgan gulli rasmlar juda katta ahamiyatga ega“[1]. Italiyalik diplomat va tarixchi Luidji Vilyari oʻzining 1906-yilda chop etilgan "Kavkazda olov va qilich" nomli kitobida masjid haqida batafsil maʼlumot bergan. Uning yozishicha, „Gok Djami“ deb nomlangan buyuk masjid masjiddan ham koʻproq narsadir, u bir necha ibodat joylari va bir qancha hujralar, maktablar va musulmon diniy ishlarining idoralarini oʻz ichiga olgan katta majmuadir. Bu juda qadimiy emas, lekin juda ham chiroyli[7][2]. Britannica Encyclopædia (1911) masjidni „shahardagi eng yaxshi bino“ deb taʼriflagan. Masjidning minorasi 24 metr (79 ft), XIX asr Yerevandagi eng baland inshoot hisoblanadi[3].

Sobiq Ittifoq davrida

tahrir

Armanistonda sovet hokimiyati oʻrnatilgandan keyin masjid oʻz vazifasini bajarmay qoʻygan. Masjidning kirish va chiqish eshiklari sezilarli darajada oʻzgartirildi. Minoraning o‘ng tomonidagi janub tarafdagi asosiy darvoza yopib qo‘yilgan. Gʻarbiy darvoza turargoh majmuasiga kiritilgan va kirish joyi sifatida tanib boʻlmaydigan ahvolga kelib qolgan. Shimoliy tomondagi kirish yagona kirish joyiga aylandi. Unga kirish mumkin boʻlgan eshik Mashtots prospektidan koʻrinadi. Aleksandr Tamanyanning 1924-yildagi Yerevan bosh rejasidan boshlab, masjid koʻcha sathidan ikki metrdan koʻproq pastda joylashgan boʻlib, bu tashrif buyuruvchilardan bir necha zinapoyadan pastga tushishni talab qiladi.

Masjid 1920-yillarning oʻrtalarida diniy muassasa sifatida faoliyatini toʻxtatdi. Uning hovlisi arman rassomlari, yozuvchilari, shoirlari va ziyolilari uchun ijodiy maydonga aylandi, sotsialistik Armaniston uchun yangi madaniy va estetik tartib yaratishga yordam berdi. Hovli katta qarag‘ay va chinorlar bilan himoyalangan va shu tariqa issiq va chang shaharni soyali panoh bilan taʼminlagan[8]. Hovlida choyxona joylashgan bo‘lib, u ziyolilar yig‘inlari markaziga aylangan. Yigishe Charents, Martiros Saryan, Aksel Bakunts uning doimiy tashrif buyuruvchilari edi. Chet ellik mehmonlar orasida arman-amerikalik yozuvchi Uilyam Saroyan, rus yahudiy shoiri Osip Mandelstam, rus yozuvchisi Andrey Beliy va boshqalar bor edi. Mahalliy rassomlar „hovlidan koʻrgazmalar va yangi sotsialistik maʼnaviyat laboratoriyasi“ sifatida foydalanganlar[9]. Eronning Armanistondagi elchixonasi Madaniyat markazi maslahatchisi Seyid Husayn Tabatabai masjid qator arman ziyolilari, xususan Charentsning saʼy-harakatlari bilan saqlanib qolganini taʼkidladi.

1930-yillarda masjidda dastlab ateyistik muzey, keyin esa antifashizm muzeyi tashkil etilgan. 1936-yildan Sovet Ittifoqi parchalangunga qadar masjidda Tabiat fanlari muzeyi joylashgan boʻlib, u asosiy ibodatxona ichidagi planetariy va Yerevan tarixi muzeyini oʻz ichiga olgan[3][10].

 
Masjidning asosiy kirish eshigidagi naqshlar Mashtots prospektidan .

Mustaqillik davrlarida

tahrir

1980-yillarning oxirida, Togʻli Qorabogʻ mojarosi paytlari masjid hech qanday zarar koʻrmagan, chunki u ozarbayjonning emas, balki forsiy hududlarga qarashli deb hisoblangan. bundan tashqari unda shahar tarixi muzeyi joylashgan edi[3].

1991-yil fevral oyida shahar hokimiyati va Eron delegatsiyasi oʻrtasida masjidni tiklash boʻyicha dastlabki kelishuvga erishildi. Masjid 1994-1998-yillarda kapital taʼmirdan oʻtkazildi. Shahar hokimiyati 1995-yil 13-oktabrda masjiddan foydalanish huquqini rasman Eronga topshirdi. Taʼmirlash ishlari uchun Eron hukumati 1 milliard Eron rial (1 million dollardan ortiq) mablagʻ ajratdi. Masjid 1996-yilda diniy muassasa sifatida qayta ochildi. Bredi Kisling restavratsiyani „tarkibiy jihatdan zarur, ammo estetik jihatdan noaniq“ deb taʼrifladi.

Yana bir rekonstruksiya 2009-2011 yillarda amalga oshirildi.

 
Hovli va gumbaz tasviri

Bugungi koʻrinishi

tahrir

Moviy masjid Armanistondagi yagona faol masjid boʻlib, musulmonlar soni ancha kam (812 [11] dan 1000 kishigacha yoki umumiy aholining 0,03% ni tashkil qiladi)[12].

Qayta tiklanganidan keyin ubino Armanistonda yashovchi eronliklar va Armanistonga tashrif buyuradigan eronlik sayyohlar uchun diniy va madaniy markazga aylandi. 2003-yilda jurnalist Tomas de Vaal masjiddagi yagona muntazam namozxonlar „Eron elchixonasining oʻnlab diplomatlari“ ekanligini taʼkidladi[13]. Oradan oʻn yildan kamroq vaqt oʻtib, 2009-yilda " ArmeniaNow " gazetasi Yerevanda istiqomat qiluvchi 2000 ga yaqin eronlikdan 500 ga yaqini vaqti-vaqti bilan payshanba kunlari masjidga borishini yozgan[14]. Masjid majmuasi ichidagi Eron madaniyat markazi fors tilini oʻrganishga intilayotgan yosh armanlarni oʻziga jalb qiladi[3]. Majmua ichida 2014-yil oktabr oyida shoir Hofiz nomi bilan atalgan 8000 dan ortiq kitobdan iborat Fors kutubxonasi ochilgan edi[3].

2015-yil 10-dekabrdan Armaniston hukumati masjid majmuasini madaniyat markazi sifatida foydalanish uchun Eronning Armanistondagi elchixonasi vakillariga 99 yilga ijaraga berdi va hozirda ham bu shartnoma amalda[15][16].

 
Gumbazning yaqinroq koʻrinishi
 
Minoraning tashqi koʻrinishi

Arxitekturasi

tahrir

Masjid Armaniston hukumati tomonidan milliy ahamiyatga ega yodgorlik ro‘yxatiga kiritilgan. Bu „Yerevan markazidagi eng qadimgi binolardan biri“[3] va „Eron davridagi Yerevanda saqlanib qolgan yagona bino“. Islom sanʼati tarixchisi Markus Ritter uni „Eron davrining ilk Qajar masjidi arxitekturasining asosiy namunasi“ deb taʼriflagan[3]. Masjid majmuasi 7000 kv metr maydonni egallaydi[17]. Masjidning oʻzi 97 ga 66 metr, hovli esa 70 ga 47 metr sathni egallaydi. Masjidda anʼanaviy shia mashabiga oid binolar, jumladan, minora, uchta mehrob (namoz zallari), muqaddas yozuvlar va boshqalar mavjud[3]. Masjid hovlining oʻrtasida joylashgan hovuzga qaragan, atirgul bilan oʻralgan 24 ta halqa hujralarni oʻz ichiga oladi[3]. Minora, 24 metr (79 ft) baland[17][3], 7 graduslik nishabga ega, ammo meʼmoriy jihatdan xavfsiz hisoblanadi.

Jahon merosi ob’ekti sifatida roʻyxatga olish harakatlari

tahrir
 
Masjid tasvirlangan 2007 yil arman markasi.

2007-yil oktyabr oyida Armaniston tashqi ishlar vaziri Vartan Oskanyan Parijdagi YUNESKO Bosh konferentsiyasining 34-sessiyasida soʻzlagan nutqida Moviy masjid va boshqa ob’ektlar YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritish uchun kutish roʻyxatida bor ekanligini aytdi[18]. 2013-yil yanvar oyida Armaniston madaniyat vaziri Xasmik Poghosyan Armaniston masjidni YUNESKOning Butunjahon merosi obʼyektlari roʻyxatiga kiritish uchun barcha choralarni koʻrishini aytdi[19][20]. Shundan soʻng qaror 2013-yil aprel oyida Eron Madaniyat vaziri Muhammad Husayniy bilan uchrashuvda tasdiqlandi. Husayniy armanlarning saʼy-harakatlari muvaffaqiyatli boʻlishiga umid qilishini bildirdi[21]. Armaniston tashqi ishlar vaziri Eduard Nalbandyan 2015-yil noyabr oyida YUNESKO Bosh konferensiyasining 38-sessiyasidagi nutqid qo‘shni Eron armanlarning madaniy merosini asrab-avaylash va himoya qilish uchun katta saʼy-harakatlar qilindi. Eronning Arman monastir ansambllari, eng qadimgisi VII asrga toʻgʻri keladi, Eron hukumati tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Hukumat tomonidan, Armaniston Yerevandagi XVIII asrga oid Eronning Moviy masjidini qayta rekonstruksiya qildi va uni Jahon merosi ro‘yxatiga kiritmoqchiligini bildirdi

2015-yilning 15-oktabr kuni Armaniston Bosh vaziri Ovik Abramyan va Eronning birinchi vitse-prezidenti Eshoq Jahongiriy masjidning 250 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi[22][23]. Bosh vazir Abrahamyan o‘z nutqida Armaniston ham, Eron ham „hozirda uni YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish uchun harakat qilmoqda“, dedi[24].

Munozara

tahrir

Koʻp Gʻarb va Arman manbalari masjidni Eron/Fors deb taʼriflaydi[25][26].. Antropolog va etnograf Tsipylma Darieva taʼkidlaganidek, "mahalliy ommaviy axborot vositalarida va rasmiy munozaralarda Moviy masjid yangi chet el siyosiy organi bilan qattiq bogʻlangan. yaqinda Armaniston-Eron doʻstligi. Bu joyning asosiy nomini Moviy masjid emas balki, „Fors masjidi“ deb nomlaydi"[3]. Dariyevaning qayd etishicha, u 1920-yillarning o‘rtalarigacha Yerevandagi musulmon aholisi uchun juma masjidi bo‘lib xizmat qilgan[3].

Ozarbayjonda masjid odatda Yerevanning Ozarbayjon merosi yodgorligi deb ataladi[27][28]. Hukumat amaldorlaridan biri uni „Yerevanda yashovchi ozarbayjonlarning eng yirik diniy markazi“ deb atagan. 2007-yilda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi va Haydar Aliyev jamg‘armasi tomonidan chop etilgan "Ozarbayjonga qarshi urush: madaniy merosni nishonga olish" nomli kitobida 1990-yillarda masjidning restavratsiya qilinishiga va uning „fors masjidi sifatida taqdim etilishiga“ qarshi chiqqanligi taʼkidlangan[29]. Mustaqil arman olimi Ruben Galichian oʻzining 2009-yilda „ Tarix ixtirosi“ kitobida masjid haqida ayrim maʼlumotlarni keltirib oʻtadi[30]Aytish kerakki, [Yerevanda] 1635—1820-yillar orasida qurilgan barcha masjidlar eronliklar tomonidan qurilgan va mahalliy musulmon aholisi ham, forslar ham shia ekanligini, ularning masjidlari bir xil ekanligini hisobga olgan holda rekanstruksiyalashtirilgan. Demak, Moviy masjid qanday qilib „ozariy“ masjidi boʻlishi mumkinligini tushunish juda qiyin, chunki bunday tasnif mavjud emas edi.

Ozarbayjon deputatlarining tashrifi

tahrir

2022-yil fevral oyida Ozarbayjon hukumatparast[31], ikki deputati Tohir Mirkishili va Soltan Məmmədov Yerevanda boʻlib oʻtgan Evronest Parlament Assambleyasi yigʻilishida ishtirok etib, masjidga tashrif buyurishdi[32]. Mirkishilining yozishicha, „Uning devorlarida boshqa davlatga oid yozuvlar boʻlsa-da, uning meʼmorchiligi, devorlari va ruhi umuman Ozarbayjonga bogʻliq. Uning haqdor imomlari tez orada masjidda namoz o‘qishlari mumkinligiga ishonamiz“[33][34]. Eronning Armanistondagi elchixonasi bunga javoban masjidni „Eron sanʼati ramzi“ deb atadi va uning devorlarida „asrlar davomida forscha epigrafiya saqlanib qolganini“ taʼkidladi[35][31]. Masjidda xizmat qilayotgan eronlik imom Mahmud Movahedifarning aytishicha, bu masjid Eron anʼanaviy islom meʼmorchiligining oʻziga xos xususiyatlariga ega va barcha yozuvlar fors tilida. Movahedifar, „Agar bu yerda ozarbayjoncha yozuvli bitta koshin bo‘lsa ham, biz buni tan olardik“, deb qo‘shimcha qildi[31].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Lynch 1901.
  2. 2,0 2,1 Villari 1906.
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 3,12 3,13 3,14 Darieva 2016.
  4. „Երևանի բնակչության շարժընթացը 1824-1914 թթ.“ (hy). yhm.am. Yerevan History Museum (2011-yil 9-sentyabr). — „Աղուսակից երևում է, որ թաթարները /նկատի առնված մահմեդական բնակչությունը/ գերակշռել են` 7331 մարդ, իսկ հայերի թիվը փոքր էր /բոշաների հետ միասին` 4132/,“. 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
  5. Based on native language.
  6. Turkics and Kurds. „ССР АРМЕНИЯ (1926 г.)“ (ru). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  7.   "Erivan_(town)" Encyclopædia Britannica (11chi nashri) 1911 
  8. Darieva 2016, s. 297.
  9. Darieva 2016, s. 298.
  10. „Historical Overview“. yhm.am. Yerevan History Museum. — „In 1936 it was moved to the Blue Mosque (Gyoy Djami) where it functioned for about 56 years.“. 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „Կրոնական կազմը Հայաստանում [Armenia's religious makeup“] (hy). ampop.am (2017-yil 27-dekabr). — „Հայաստանում բնակվում է 812 մուսուլման...“. 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  12. Miller, Tracy, muh. (October 2009), Mapping the Global Muslim Population: A Report on the Size and Distribution of the World's Muslim Population (PDF), Pew Research Center, 28-bet, 2009-10-10da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2009-10-08
  13. de Waal 2003.
  14. Ionesyan, Karine. „Mourning rite at Blue Mosque: Iranians in Yerevan pay tribute to their compatriots“. ArmeniaNow (2009-yil 17-iyul). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-sentyabr.
  15. „Իրանի դեսպանատունը 99 տարով անհատույց կօգտագործի Կապույտ մզկիթն ու հարակից հողամասը“ (hy). Hetq (2015-yil 10-dekabr). 2019-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  16. „ՀՀ Կառավարության որոշում որպես նվիրատվություն հողամաս ընդունելու և "Կապույտ" մզկիթ» հուշարձանն անհատույց օգտագործման իրավունքով հանձնելու մասին որոշում“ (hy). e-gov.am. 2019-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  17. 17,0 17,1 Markossian 2002.
  18. „Vartan Oskanian's Speech to UNESCO General Conference“. Asbarez. via Armradio (2007-yil 19-oktyabr). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-sentyabr.
  19. „Involvement of Blue Mosque in UNESCO list of cultural heritage is highly significant“. Armenpress (2013-yil 14-yanvar). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-sentyabr.
  20. „Armenia applies to place Blue Mosque on UNESCO's World Heritage List“. Today's Zaman (2013-yil 22-yanvar). 2015-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  21. „Armenia will apply to include Yerevan's Blue Mosque in UNESCO World Heritage Site“. news.am (2013-yil 19-aprel). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-sentyabr.
  22. Ghazanchyan, Siranush. „Iran's First Vice-President visits Blue Mosque in Yerevan“. Public Radio of Armenia (2015-yil 15-oktyabr). 2017-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  23. „Iran's high-ranking delegation attends 250th anniversary celebration of Yerevan Blue Mosque foundation“. Armenpress (2015-yil 15-oktyabr). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-sentyabr.
  24. „PM Attends Blue Mosque Foundation 250th Anniversary Celebration in Yerevan“. Government of the Republic of Armenia (2015-yil 15-oktyabr). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-sentyabr.
  25. Kaeter, Margaret. The Caucasian Republics. Facts on File, 2004 — 12-bet. ISBN 9780816052684. „The Blue Mosque [...] is the only Persian mosque in Yerevan still preserved.“ 
  26. Carpenter, C. „Yerevan“, . World and Its Peoples, Volume 1. Marshall Cavendish, 2006 — 775-bet. ISBN 9780761475712. „...only one large Persian mosque, the eighteenth-century Blue Mosque, is still open, now renovated as a cultural center.“ 
  27. „Blue Mosque, historical Azerbaijani monument in Yerevan - PHOTOS“. today.az (2011-yil 17-yanvar). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-sentyabr.
  28. Zeynalov, Natiq. „Yerevanda Göy məscid hər gün İran vətəndaşları ilə dolu olur“ (az). azadliq.org. Radio Free Europe/Radio Liberty (2010-yil 5-may). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-noyabr. „Halbuki, onun fikrincə, bu, Azərbaycan mədəniyyətinin bir abidəsidir.“.
  29. War against Azerbaijan: Targeting Cultural Heritage Imranly: . Baku: Ministry of Foreign Affairs of Azerbaijan and Heydar Aliyev Foundation, 2007 — 313-bet. ISBN 978-9952-8091-4-5. „The Goy mosque was turned into the Museum of History of Yerevan in the Soviet period, and then 'restored' and presented as a Persian mosque after 1991.“ 
  30. Galichian, Rouben. The Invention of History: Azerbaijan, Armenia and the Showcasing of Imagination, 2nd, London: Gomidas Institute [2009], 2010 — 66-bet. ISBN 978-1-903656-88-4. 
  31. 31,0 31,1 31,2 Khachatrian, Marine. „Iran Irked By Azeri Claims To Yerevan Mosque“. azatutyun.am. RFE/RL (2022-yil 24-fevral). 2022-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  32. „Azərbaycan Milli Məclisinin deputatları Tahir Mirkişili və Soltan Məmmədov Yerevanda Göy məscidi ziyarət ediblər [Deputies of the Azerbaijani National Assembly Tahir Mirkishili and Soltan Mammadov visited the Goy Mosque in Yerevan“] (az). Meydan TV (2022-yil 23-fevral). 2022-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  33. Mirkishili. „Göy məsciddə olduq“ (az). Facebook (2022-yil 23-fevral). 2022-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  34. Mejlumyan, Ani. „Azerbaijani MPs' tour of Yerevan sparks scandal“. Eurasianet (2022-yil 25-fevral). 2022-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  35. „The Blue Mosque, a symbol of Iranian art“. IRI Embassy, Armenia on Twitter (2022-yil 23-fevral). 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.

Adabiyotlar

tahrir