Moyak istisqosi (gidrotsele) — moyak pardalari orasida suyuqlik yigʻilishi. Tugʻma va orttirilgan (yalligʻlanish kasalliklarida moyakka shikayet yetganda vujudga keladi), shuningdek, oʻtkir va surunkali xillari ajratiladi. Moyak kattalashib ogʻriydi, bemor yurishga, siyishga yoki jinsiy muloqotda boʻlishga qiynaladi, mehnat faoliyati susayadi. Oʻtkir Moyak istisqosi toʻsatdan boshlanadi, bemorning temperaturasi koʻtariladi, yorgʻoq atrofi qizarib, paypaslab koʻrganda qoʻlga qattiq unnaydigan shish paydo boʻladi. Surunkali xili asta-sekin rivojlanadi, moyak pardalari orasiga uzoq vaqt suyuqlik yigʻilishi natijasida uning shakli oʻzgarib, xuddi nokka oʻxshab qoladi. Moyak istisqosiga xos alomatlar paydo boʻlganda darhol xirurg yoki urologga koʻrinish lozim. Moyak istisqosiga xirurgik (operetsiya) davo qilinadi. Kasallikning oldini olishda mo-yakning turli yalligʻlanishlar va shikastlanishlarini oʻz vaqtida davolatish muhim.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil