Muhammad Hakimbiy qoʻshbegi

Buxoro amirligining harbiy va davlat arbobi, qoʻshbegiyi bolo

Muhammad Hakimbiy qoʻshbegi (1769-yil, Buxoro — 1840-yil, Buxoro, Buxoro amirligi) — Buxoro amirligining harbiy va davlat arbobi, 1812—1837-yillarda bosh vazir (qoʻshbegiyi bolo).

Muhammad Hakimbiy
Qoʻshbegiyi bolo
Mansab davri
1812 – 1837
Hukmdor

Amir Haydar

Amir Nasrulloh
Oʻtmishdoshi Oʻtkurbiy
Vorisi

Rahmonberdi turkman

Azizbiy
Qarshi hokimi (bek)
Mansab davri
1800 – 1821
Hukmdor Amir Haydar
Oʻtmishdoshi Oʻtkurbiy
Vorisi Amir Nasrulloh
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1769-yil
Buxoro
Vafoti 1840-yil
Buxoro
Fuqaroligi Buxoro amirligi

Tarjimayi holi tahrir

Muhammad Hakimbiy 1769-yilda Buxoro amirligining poytaxti Buxoro shahrida Oʻtkurbiy xonadonida tavallud topgan. Oʻzbeklarning mangʻit urugʻidan boʻlgan. Amir Haydar davrida (1800—1826) qoʻshbegi katta taʼsirga ega boʻladi. 1800-yilda qoʻshbegi Qarshi beki etib tayinlanadi. Amir Nasrulloh davriga (1827—1860) kelib, qoʻshbegi oʻzining lavozimini saqlab qoladi, oʻgʻli Ibrohimbekga esa Qarshi beki lavozimi beriladi[1]. Vitkevichning yozishicha, 1835-yilda amir Nasrulloh hokimiyatiga Muhammad Hakimbiy qoʻshbegi kuchli taʼsir koʻrsata boshlagan. Bunga sabab amir Haydar vafotidan soʻng amir farzandlari oʻrtasida taxt uchun oʻzaro kurashlar avj oladi. Tarixchi Mirzo Abdulazim Somiyga koʻra, amirga Buxoro taxtini egallashda qoʻshbegi katta yordam koʻrsatgan, amir Buxoroni qamal qilayotgan paytda qoʻshbegi shahar darvozalarini amir qoʻshinlariga ochib bergan[2]. Qoʻshbegi butun buxoroliklardan va hattoki, amirning oʻzidan ham boyroq boʻlgan. Qoʻshbegi davlatning bosh mansabdori hisoblangani uchun bojxona va soliqlarni ham nazorat qilardi. Bundan tashqari, amirning sogʻligiga javobgar boʻlgani tufayli bozorda amir uchun olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini, amirni zaharlamasliklari uchun har kuni uning ovqati va ichimligini maxsus idishda berilishini shaxsan nazoratiga olgan[3]. Ayrim saroy aʼyonlarining fitnasi sabab Muhammad Hakimbiy qoʻshbegi va amir Nasrullohning oʻrtasida ziddiyatlar kelib chiqadi. Natijada qoʻshbegi 1837-yilda Qarshiga, soʻngra Nurotaga surgun qilingan, surgundan soʻng Buxoroga chaqirilib, qamoqqa oilngan. 1840-yilda esa qoʻshbegi amir Nasrullohning buyrugʻi bilan qatl etilgan[4].

Manbalar tahrir

  1. Voronovskiy D. G. „Gulshen-al-mulk“ Muxammad Yakuba Buxari. Dissertatsiya na soiskaniye stepeni kandidata istoricheskix nauk (rus tilida), s. 206.
  2. Jamshidbek Sobirov. „Accession of amir Nasrullakhan to the throne of Bukhara“ 37-sahifa. Savantic journals (2022-yil 1-iyun). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  3. „Zapiski o Buxarskom xanstve (Otchyoti P.I. Demezona i I.V. Vitkevicha)“ (rus tilida). Moskva. Nauka (1983). 2022-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  4. Grigoryev, Vasiliy. O nekotorix sobitiyax v Buxare, Kokande i Kashgare. Zapiski Mirzi-Shemsa Buxari. Qozon: Universitetskaya tipografiya (1861), s. 78.