Muhammad Rizo Pahlaviy (forscha: محمد رضا شاه پهلوی‎‎ / Mohammad Rezâ Pahlavi; 1919-yil 26-oktyabr, Tehron, Eron Shohligi1980-yil 27-iyul, Qohira, Misr) — Pahlaviylar sulolasidan boʻlgan Eronning oʻttiz beshinchi va soʻngi shohi (shahanshohi). 19411979-yillarda mamlakatni boshqargan. Eron qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni ham edi. Pahlaviylar sulolasi asoschisi Rizoshoh Pahlaviyning oʻgʻli. 1931-1936-yillarda Shveysariya kollejida, 1936-1938-yillarda Tehron harbiy akademiyasida tahsil olgan. Otasi Rizoshoh Pahlaviyning SSSR va Buyuk Britaniya bosimi ostida majburan taxtdan voz kechtirilishi va mamlakatdan badargʻa qilinishi natijasida taxtga oʻtirgan.

Muhammad Rizo Pahlaviy
forscha: محمد رضا شاه پهلوی‎‎ / Mohammad Rezâ Pahlavi
 Eronning 35-Shahanshohi
 
Mansab davri
1941-yil 26-sentyabr – 1979-yil 11-fevral
Oʻtmishdoshi Rizoshoh Pahlaviy
Vorisi unvon bekor qilingan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1919-yil 26-oktyabr
Tehron, Eron Shohligi
Vafoti 1980-yil 27-iyul (60 yoshida)
Qohira, Misr
Fuqaroligi Eron Shahanshohlik Davlati
Turmush oʻrtogʻi 1) Favziya Fuad
2) Surayyo Isfandiyoriy-Baxtiyoriy
3) Farah Pahlaviy
Bolalari 1-nikohidan: bir qiz
2-nikohidan: yoʻq
3-nikohidan: 2 oʻgʻil va 2 qiz
Onasi Tojulmuluk Ayrimliy
Otasi Rizoshoh Pahlaviy

Muhammad Rizo Pahlaviyning Eron Shahansholigidagi boshqaruvi paytida mamlakatda chuqur ildiz otgan turli islomiy aqida va odatlarni sugʻurib olishga harakat qilgan. Ushbu harakatlar natijalaridan biri sifatida U anʼanaviy eroniy taqvimni hijradan emas, balki Ahamoniylar sulolasi boshqaruvining ilk yilidan hisoblashni yoʻlga qoʻydi, ammo koʻp sonli eʼtirozlar tufayli ushbu qarorini bekor qildi. Aynan Muhammad Rizo Pahlaviy boshqaruvi paytida Eron gʻarb mamlakatlari bilan yaqin va doʻstlik aloqalarni oʻrnata oldi va ushbu yaqinlashuv yoʻlida mamlakatda ulkan islohotlar oʻtkazildi.

1978-yildan Eronda diniy ulamolar boshchiligidagi ommaviy namoyishlar va tartibsizlikar roʻy berishni boshladi. 1979-yilning yanvar oyidan ushbu namoyishlar yanada kuchliroq tusga ega boʻldi. Oʻsha yilning 16-yanvar kuni mamlakat bosh vaziri Shopur Baxtiyor maslahatiga koʻra Muhammad Rizo Pahlaviy, xotini va farzandlari bilan Eronni tark etdi.

1979 yil taxtdan agʻdarilgan va mamlakatdan quvgʻin qilingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil