Muhammad az-Zogʻuliy
muhaddis, hofiz, mufassir, tilshunos va faqih
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
(Abu Abdulloh) Muhammad ibn al-Husayn ibn Muhammad ibn al-Husayn ibn Ali ibn Yaʼqub al-Marvaziy az-Zog‘uliy (hijriy 472-yil (milodiy 1080-yil)da tugʻilib, hijriy 559-yil jumaduloxirning 12-sanasi (milodiy 1164-yil)da olamdan ko‘z yumgan) — muhaddis, hofiz, mufassir, tilshunos va faqih bo‘lgan. Marvarruzdagi Panjdeh tarkibiga kiruvchi Zog‘ul qishlog‘ida tavallud topgan. Marvda yashab, o‘sha yerda shuhrat qozongan. Hadislar jamlagan va ularni tasnif qilgan. Ko‘p yozgan, Hirotga borgan.
Muhammad az-Zogʻuliy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1080-yil (hijriy 472-yil) |
Vafoti | milodiy 1164-yil (hijriy 559-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, hofiz, mufassir, tilshunos va faqih |
Asarlari
tahrir- „Qaydu-l-avobid fi-t-tafsir va-l-hadisva-l-fiqh va-l-lug‘at“ („Tafsir, hadis, fiqh va tilshunoslikka oid hayratomuz holatlar qaydi“) — 400jild[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 132-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |